Аyni paytda mamlakatimiz tibbiyot xodimlari vakillaridan iborat delegatsiya Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tashabbusi bilan mazkur davlat sogʼliqni saqlash muassasalaridagi ilgʼor tajribalar bilan tanishmoqdalar.

Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi va GIZning qoʼshma loyihasi asosida mamlakatimizda zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar bilan ishlash uchun tibbiy va texnik xodimlarning malakasini oshirish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur safar ham ana shunday xayrli maqsadda tashkil etilgani bilan ahamiyatlidir.

Аyni paytda mamlakatimiz tibbiyot xodimlari vakillaridan iborat delegatsiya Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tashabbusi bilan mazkur davlat sogʼliqni saqlash muassasalaridagi ilgʼor tajribalar bilan tanishmoqdalar.

Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi va GIZning qoʼshma loyihasi asosida mamlakatimizda zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar bilan ishlash uchun tibbiy va texnik xodimlarning malakasini oshirish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur safar ham ana shunday –Mamlakatning yetakchi tibbiyot muassasalari, tibbiy uskunalar ishlab chiqaruvchilari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqdamiz. – deydi delegatsiya aʼzolaridan biri, Qashqadaryo viloyati koʼp tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Toʼlqin Rasulov. – Аyniqsa, Volьfsburg shahridagi 547 oʼrinli zamonaviy klinika, Berlindagi 3000 oʼrinli, butun boshli tibbiyot shaharchasi hisoblangan “Sharite” davlat klinikasi, Oʼzbekistonda tibbiyot asbob-uskunalaridan foydalanish, texnik xizmat koʼrsatish va ularning taʼminoti, tibbiy yordam koʼrsatishning yangi usullarini joriy etish borasida begʼaraz mablagʼlar ajratayotgan Germaniyaning KfW taraqqiyot banki faoliyati bilan tanishuv bizda juda katta taassurot qoldirdi. Darvoqe, mazkur bank koʼmagida bizning tibbiyot markazimizga yangi, zamonaviy MRT uskunasi keltirilishi moʼljallanmoqda. Bir haftaga moʼljallangan safarimizning navbatdagi qismida Berlindagi tibbiy ijtimoiy agentlik, xususiy klinikalar, travmatologiya markazi, Qizil xoch jamiyati, protezlar ishlab chiqaruvchi  korxonalar faoliyati bilan tanishish moʼljallanmoqda.

Hech shubhasiz, Germaniya tibbiyot modelini oʼrganish orqali mamlakatimiz, xususan, vohamizda sohani yuqori texnologiyalar asosida rivojlantirish borasida yangi imkoniyatlar eshigi ochiladi.xayrli maqsadda tashkil etilgani bilan ahamiyatlidir.

Qashqadaryo viloyati sogʼliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.

04-12-2019 |
Foto galereya