Ma’lumki, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi "Valyuta siyosatini liberallashtirish bо‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar tо‘g‘risida"gi farmoni bilan mamlakatimizda barcha yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasini erkin sotishi, sotib olishi va tasarruf etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan.

Fuqaro yoki tadbirkor о‘zidagi xorijiy valyutani hech qanday tо‘siqlarsiz, istagan tijorat bankiga olib borib belgilangan narxda sotishi yoki о‘ziga zarur miqdorda sotib olishi mumkin.

О‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid ravishda naqd chet el valyutasini sotib olish va sotish bilan shug‘ullangan shaxslar esa tegishli tartibda jazoga tortiladi. Biroq, о‘z nafsini tizginlay bilmagan ayrim yurtdoshlarimizning hamon "qora bozor"da xorijiy valyutalar savdosi bilan pinhona shug‘ullanayotganligi sir emas.

Kosonlik Q.A. va B.O.ni ham ana shunday kishilar sirasiga kiritish mumkin. Bu ikki uddaburon 2400 AQSH dollarini "qora bozor"da sotishga qaror qilgan edi. Ular tumandagi "Kо‘hna qal’a" savdo majmuasi yonida ushbu valyutani 8550 sо‘mdan hisoblab, jami 20 million 552 ming sо‘mga sotgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi hamda Koson tuman bо‘limi xodimlari tomonidan qо‘lga olindi.

Ayni paytda Q.A. hamda B.O.ga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlandi.

                                                                                     Manba: qashqadaryogz.uz

09-08-2019 |
Foto galereya