Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishda qishloq xо‘jaligi korxonalariga kо‘mak berish, bu texnologiyalarni ishlab chiqarish va qurishda quruvchi-pudrat hamda ishlab chiqaruvchi korxonalarga amaliy yordam berishni tashkil qilish orqali suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish maqsadida Qashqadaryo viloyati hokimining qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq:

Viloyatda suv xо‘jaligi tashkilotlarining xodimlaridan iborat suvni tejaydigan texnologiyalarni qurish va undan foydalanishga kо‘mak kо‘rsatuvchi maslahat va servis xizmati guruhlari tashkil etildi. Maslahat va servis xizmati guruhlarining asosiy vazifalari etib:

  • Sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalardan foydalanishni targ‘ibot qilish, bu borada qishloq xо‘jaligi korxonalari, suvni tejaydigan texnologiyalarning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilar, quruvchi-pudrat korxonalariga maslahat va amaliy yordam kо‘rsatish;
  • suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish maqsadida ushbu texnologiyalar joriy etiladigan maydonlarni yetarli miqdorda suv bilan ta’minlash, suv hovuzlarini kovlab berishda quruvchi-pudrat korxonalari hamda fermer xо‘jaliklari va klaster tashkilotlariga amaliy yordam kо‘rsatish;
  • har bir tumanda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bо‘yicha prognoz kо‘rsatkichlarini amalga oshirish yuzasidan fermer xо‘jaliklari va klaster tashkilotlari kesimida manzilli rо‘yxatlarini shakllantirish, tuman ishchi guruhiga berilgan arizalarni tahlil qilish hamda quruvchi-pudrat korxonalar bilan shartnomalar rasmiylashtirish bо‘yicha yordam kо‘rsatish belgilandi.

Viloyat hokimligi, Qishloq xо‘jaligi boshqarmasi, Fermer, dehqon xо‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman hokimliklari bilan birgalikda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bilan bog‘liq tashkiliy-texnik masalalarni hal etishda har tomonlama yordam kо‘rsatish, ushbu texnologiyalar natijalarini targ‘ib qilish yuzasidan kо‘rgazmali seminarlar suv tejovchi texnoliyalar joriy qilinadigan maydonlar va xarid qilinadigan lazerli yer tekislagichlar bilan tekislash prognoz kо‘rsatkichlarini ijrosini ta’minlash choralarini kо‘radi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati.

04-01-2021 |
Foto galereya