Xontepa mahallasida yashovchi M.Husanov biroz avval Qarshi shahar hokimi Normо‘min Xolboyevga uchrashib, о‘z muammosini aytgandi. YA’ni qor-yomg‘irli kunlarda uyining tom qismidan chakki о‘tadi. Ta’mirlashga moddiy imkoniyati yetmaydi. Shularni bildirib, M.Husanov hokimdan amaliy yordam sо‘ragandi.

Murojaatga asosan, fuqaroning uyiga borib vaziyat о‘rganildi. Haqiqatan ham uning oilaviy sharoiti о‘ziga yarasha ekani oydinlashdi. Nogironligi bо‘lgani sabab M.Husanov tayinli joyda ishlolmaydi. Oila a’zolari topayotgan daromad esa rо‘zg‘ordan ortmaydi.

Fuqaro murojaati asosli, deb topilib, unga zarur kо‘mak kо‘rsatildi. Uyining tom qismini ta’mirlashi uchun qurilish materiali – kerakli miqdordagi shifer yetkazib berildi.

Muammosi bir qadar ariganidan xursand bо‘lgan M.Husanov hokimga о‘z minnatdorligini bildirdi.

Qarshi shahar hokimligi Axborot xizmati

24-12-2019 |
Foto galereya