2019 yil uchun byudjet tushumlari prognozi 5 trillion 870  milliard 600 million sо‘m etib belgilangani holda Qashqadaryoda joriy yilning birinchi yarim yilligida ijro 3 trillion 108,3 milliard sо‘mga yoki 53 foizga bajarildi. О‘tgan yilning mos davriga nisbatan davlat g‘aznasiga 1 trillion 319 milliard sо‘m  (174 foiz) kо‘p mablag‘ tushirishga erishildi. Qolaversa, mahalliy byudjet tushumlari prognozi 3 trillion 493,7 milliard sо‘m miqdorida belgilangani holda dastlabki olti oyda bu 1 trillion 850,4 milliard sо‘mga uddalandi.

Albatta, byudjet daromadlarini kо‘paytirish о‘z-о‘zidan bо‘lmaydi. Bunga xususiy tadbirkorlikni qо‘llab-quvvatlash, yangi manbalar yaratish, soliq intizomini mustahkamlash kabilar orqali erishiladi. Natija qaytib soliq tо‘lovchilar manfaatlariga xizmat qilishi tayin: aholi farovonligiga xizmat qiluvchi bunyodkorlik ishlari kо‘lami kengayadi, infratuzilma yaxshilanadi, ijtimoiy soha ahvoli jiddiy о‘nglanadi.

Yana bir jihati, mamlakatimizda, aholi, turli subyektlar zimmasiga tushadigan soliq yuki kamaytirilayotgani byudjet tushumlari kamayishiga emas, balki aksincha, о‘sishiga imkon bermoqda. Misol uchun, joriy yilda tegishli "Yо‘l xaritasi"ga asosan qо‘shimcha 512,1 milliard sо‘m mablag‘ topish kо‘zda tutilgan. Mazkur talab ijrosi 1 iyun holatida allaqachon 330,2 milliard sо‘mga yoki 64,5 foizga ta’minlandi.

Ikkinchi yarim yillikda ham byudjetga tushumlarni kо‘paytirishda ijobiy natijalar qayd etish uchun zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Firdavsiy JABBOROV,

viloyat davlat soliq boshqarmasi shu’ba boshlig‘i

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

09-07-2019 |
Foto galereya