Qashqadaryo viloyat iqtisodiy sudi tashabbusi bilan manfaatdor organlar bilan hamkorlikda Qarshi shahridagi “Korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasi”da О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 28 yilligi munosabati bilan “Tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishda hamkorlikning dolzarb masalalari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirda sо‘zga chiqqan viloyat iqtisodiy sudi raisi SH.Mamadiyarov seminar ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab, tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishda sud hokimiyatining о‘rni, viloyat iqtisodiy sudlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, shu bilan birga da’vo ariza tuzishning umumiy asoslari, ularni sudda kо‘rishning ahvoli tо‘g‘risida tushunchalar berdi.

Shundan sо‘ng, viloyat prokurori о‘rinbosari U.Sa’dullayev, Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi raisi L.Abdullayev, viloyat iqtisodiy sudi sudyasi M.Bozorov, viloyat iqtisodiy sudi sudyasi J.Xusainov, Biznes-ombudsmanning mintaqaviy vakili SH.Shodiyev, О‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini kо‘rib chiqish qabulxonasi mudiri M.Eshnazarovlar ma’ruza qilishdi.

Seminarda tadbirkorlar о‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilardan javob olishdi hamda mavzuga doir о‘z fikr-mulohazalarini bildirib о‘tishdi.

05-12-2020 |
Foto galereya