Maqolada “Qarshi tumani hokimi Maqsuda Mustafoyeva tumanning g‘alla rejasini bajarish uchun chorvachilik fermer xo‘jaligi tomonidan ozuqa maqsadida yetishtirilgan g‘allani ham tortib olmoqda”, bu haqda “Daryo.uz” ga shikoyat qilgan fermer Rustam Bozorovning aytishicha, hokim ushbu maqsadiga yetishish uchun IIB kuchidan foydalanmoqda deya eʼtirof etilgan.

Qarshi tumani hokimligi tomonidan 31.12.2004 yilda “Ismoil Bozorov” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 845 gektar yer maydoniga qishloq xo‘jaligiga foydalanish maqsadida yerga egalik qilish huquqini beruvchi davlat akti berilgan.

Qarshi tumani hokimligi huzuridagi “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ruyxatidan o‘tkazish inspeksiyasi” tomonidan “Ismoil Bozorov”  MCHJga  2015 yil 16 noyabrda 27-sonli yuridik shaxsni qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida guvohnoma berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat Qo‘mitasining “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasining 2010 yildagi yer maydonlarini konturlar bo‘yicha hisoblash qaydnomasida  (№2330) MCHJ hududida jami yerlar 829 gektar, shundan 666,4 gektar sug‘oriladigan ekin yerlar, 10,2 gektar bog‘lar, 3,5 gektar uzumzor, 1 gektar terak, 22,3 gektar yaylov, 26,1 gektar tomorqa yerlar va  99,5 gektar ariqlar, kanallar, zovurlar, yullar o‘rnidan iborat yer maydonlari mavjudligi aniqlangan.

 MCHJ xududida 2020 yil hosili uchun:

200 gektar maydonga paxta yetishtirish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomasi tuzilgan bo‘lib, amalda 220,8 gektar (20,8 gektar ortiqcha) maydonga paxta, 127,4  gektar g‘alla, 35,9  gektar makka, 248,7 gektar beda, 32,0 gektar poliz va kungaboqar ekilgan.

MCHJning jami qoramollari soni 266 tani tashkil etib, bunga 160 gektar yer maydoni kerak bo‘ladi, yoki shartli mol bosh soniga solishtirilganda 506,4 gektar yer maydoni ko‘pligi aniqlangan.

Hozirgi kundagi Pandemiya sharoitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev har bir qarich yerdan samarali foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligi hamda aholini ish bilan taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlari davom etayotgan bunday vaziyatda MCHJning hisobida 829 gektar yer maydoni bo‘la turib, yerdan samarasiz foydalanib kelmoqda.

Jumladan:

Qarshi tumanidagi “I.Bozorov” nomli MCHJga ajratilgan  qishloq xo‘jalik yer maydonlaridan maqsadli foydalanish holatini monitoringdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha 2020 yil 2 iyun kunidagi viloyat ishchi guruhi maʼlumotnomasiga asosan MCHJ xududidagi  79,9 gektar paxta maydonini qalin begona o‘t bosganligi, chopiq, yagonalash ishlari shu kunga qadar bajarilmaganligi, kultivatsiya va chuqur yumshatish agrotexnik tadbirlari sifatsiz amalga oshirilganligi, oziqlantirish,  begona o‘tlarga hamda zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha biron bir chora tadbirlar amalga oshirilmaganligi sababli g‘o‘zaning rivojlanish fazalari orqada qolgan.

- MCHJ paxta topshirish shartnomaviy rejasini 2018 yilda 202 tonna (49 %), 2019 yilda 301 tonna (69 %) topshirib, belgilangan rejani bajarmagan.

- “Ismoil Bozorov” MJCH va OOO “Torgoviy Dom Qarshi” o‘rtasida poliz maxsulotlaridan yaʼni, qovun 500 tonna va tarvuz
100 tonna, jami 600 tonna mahsulot yetkazib berish to‘g‘risida 2020 yil
3 aprel kuni shartnoma imzolangan bo‘lib, tuman qishloq xo‘jalik bo‘limi tomonidan shartnomani ro‘yxatga olish kitobiga qayd etilmaganligi aniqlandi.

- MCHJ hisobida jami 42 dona har xil turdagi qishloq xo‘jalik texnikalari va agregatlar mavjud bo‘lib, shulardan, 10 donasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan, 4 dona traktor, 8 dona tirkama, 20 dona har xil turdagi qishloq xo‘jalik texnikalari va agregatlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi aniqlandi.

Hozirgi kunda “Ismoil Bozorov” MJCH bilan “Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ o‘rtasida 2020 yil 25 iyun kuni 35 gektar yerga 87.5 tonna g‘alla hosili topshirish bo‘yicha kontraksiya shartnomasi imzolangan, vaholanki MCHJ tomonidan jami 127,4 gektar yerga g‘alla ekilgan bo‘lib, MCHJ hisobiga 92,4 gektar, yani 370 tonna g‘alla hosili qolmoqda. 

“Ismoil Bozorov” MCHJ 2020 yil g‘alla topshirish shartnomaviy rejasini 2020 yil 2 iyul kunidagi don qabul qilish tashkiloti bergan maʼlumotga ko‘ra 6%ga bajarib, belgilangan rejaga nisbatan 73 tonna g‘alla topshirmaganligi aniqlandi.

Hozirgi kunda butun dunyoda oziq-ovqat xafvsizligi eng dolzarb muammo bo‘lib turgan bunday sharoitda MCHJ o‘ziga ajratilgan, davlat tomonidan berilgan, yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan yerdan xo‘jasizlarcha foydalanib kelganini qanday tushunish mumkin?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga amaliy tashrifi davomida uzoq yillar davomida foydalanilmay kelgan, unumsiz toshloq yerlarni qayta oborotga kirgizish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish lozimligini qayd etib o‘tdilar, ammo “Ismoil Bozorov” MCHJ hisobida bo‘lgan 829 gektar unumli yer maydonidan 32 gektar suvli yer maydonlarini Namangan viloyatidan kelgan bir guruh fuqarolarga og‘zaki kelishuvga asosan bir necha yillardan beri poliz mahsulotlari va kungaboqar ekinlarini ekish uchun noqonuniy berilgan, qolgan yerlar ham samarasiz foylanib kelingan.

O.Mamatov
Qashqadaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi
bosh yuriskonsulti,

D.Do‘stmurodov
Boshqarma mutaxassisi

02-07-2020 |
Foto galereya