Qarshi shahridagi "Dinamo" о‘yingohida viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari о‘rtasida "Xaloskorlar oilasi" sport musobaqasi tashkil etildi.

Ma’lumki, bugun mamlakatimizda aholining barcha qatlamlari о‘rtasida sportni keng ommalashtirish va pirovardida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada kо‘plab tadbirlar, festivallar, sport musobaqalari о‘tkazib kelinayapti.

"Xaloskorlar oilasi" sport musobaqasining maqsadi ham shunga qaratilgan bо‘lib, unda viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tizimidagi tashkilotlarda mehnat qilayotgan 10 nafar xodim о‘z oila a’zolari bilan ishtirok etdi.

Musobaqada jamoalar "Yugurish, akrobatika va nishonni aniq mо‘ljallash", "Kim chaqqon va mergan", "Arqon tortish", "Chaqqon ona, epchil qiz", "Chaqqon ota, epchil о‘g‘il" kabi shartlar bо‘yicha bahslashib, о‘zlarining kuch va mahoratlarini sinovdan о‘tkazdi.

Yakuniy natijalarga kо‘ra, viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi  inspektori, katta serjant Najmiddin Rо‘ziqulov oilasi 3-о‘rinni qо‘lga kiritgan bо‘lsa, Shahrisabz shahridagi 7-harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi yong‘inni о‘chirish ekipaji katta instruktor haydovchisi, safdor Jamshid    Rizayev va oila a’zolari 2-о‘ringa munosib kо‘rildi.

Muborak gazni qayta ishlash zavodi obyektlarini yong‘indan muhofaza qiluvchi yong‘in xavfsizligi bо‘limi yong‘in о‘chiruvchisi, safdor Erkin Eranov oilasi esa musobaqaning mutlaq g‘olibiga aylandi.

G‘oliblarga viloyat YOXBning diplom va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, musobaqaning har bir turi bо‘yicha yuqori kо‘rsatkichlarga erishgan va faol ishtiroki uchun har bir oila esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sherzod KELDIYEV,

viloyat YOXB bо‘lim boshlig‘i

Suratda: musobaqadan lavha.

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

20-07-2019 |
Foto galereya