Shahrisabzga kelgan turistning ikki nafar farzandi yо‘qolib qolganligi haqidagi xabarga Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimi Nurmatov Bahodir о‘z munosabatini bildirdi:

Bugun, 10- oktabr kuni Shahrisabz shahriga tashrif buyurgan Shvetsariya fuqarosi Irina Klayn shu yerda xizmat olib borayotgan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga о‘zi bilan turistik maqsadda kelgan farzandlari 2001-yilda tug‘ilgan Kristina-Kseniya Klayn va 2007 -yilda tug‘ilgan Valeriya Klaynlarni yо‘qotib qо‘yganligini, ularni topishda yordam berishlarini sо‘rab murojaat qilgan.

Barcha xizmat olib borayotgan xodimlarga boshqarmada tashkil etilgan “Call-centre” orqali qizlarning ismlari, tashqi kо‘rinishlari va yoshlari tо‘g‘risida aloqa vositalari orqali xabar berildi. Olib borilgan surishtiruvlar davomida, Kristina Kseniya va Valeriya Klaynlar shu yerdagi tarixiy yodgorliklarni kо‘raman deb adashib qolishgani ma’lum bо‘ldi.
Qizlar onalarining bag‘riga qaytganlaridan xursand bо‘lishdi.

“Men О‘zbekistonda bunday tizimni tashkil qilinganidan, ayniqsa, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlaridan minnatdorman” dedi farzandlarini bag‘riga bosar ekan, Irina Klayn.

Boshqarma xodimlari kundalik xizmatlari davomida viloyatda mavjud turistik obektlarga xoh xorijiy, xoh mahalliy tashrif buyuruvchilar bо‘lsin о‘zlarning yordamlarini ayamaydi.

Qashqadaryo viloyat hokimligi Axborot xizmati.

 

10-10-2019 |
Foto galereya