Shahrisabzda yana bir bolalar oromgohi foydalanishga topshirildi

Shahrisabzda yana bir bolalar oromgohi foydalanishga topshirildi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasiga qarashli “Ziyo chashmalari” bolalar oromgohining tantanali ochilish marosimi bо‘lib о‘tdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimligi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, xalq ta’limi boshqarmasi, ushbu oromgohga dam olish uchun kelgan о‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Yoz mavsumi davomida ushbu oromgohda 1200 nafar о‘quvchining hordiq chiqarishi rejalashtirilgan. Shuningdek, oromgohda Prezidentimizning besh tashabbusi ijrosi doirasida bolalarni kitobxonlik, sport, san’at bilan shug‘ullanishlari va turli tо‘garaklarda ishtirok etishlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Oromgohda bolalar va о‘smirlar о‘rtasida turli sport musobaqalarini tashkil etish imkoniyati ham mavjud.

                       

 Suratlarni Murod Komilov olgan.

                            Viloyat  hokimligi axborot xizmati .