Kecha, 27 mart kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida koronavirusga qarshi kurash komissiyasi tomonidan viloyat hududidagi 60 yoshdan oshgan, extiyojmand, surunkali kasallikka chalingan fuqarolarni qо‘llab-quvvatlash maqsadida ularga oziq-ovqat maxsulotlari, himoya va gigenik vositalari yetkazib berish tо‘g‘risida topshiriq berilgan edi.

Viloyat Mahalla va oilani qо‘llab-quvvatlash boshqarmasi tashabbusi bilan yо‘lga qо‘yilgan “Biz sinovni birga yengamiz” aksiyasi ostida qator idora va tashkilotlar, tadbirkorlar har doimgidan ham yanada jipslashdi. Ushbu aksiya viloyat Maktabgacha va Xalq ta’limi boshqarmalari, Ma’naviyat markazi viloyat bо‘limi, viloyat Kasbiy ta’limni muvofiqlashtirish va rivodlantirish hamda Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, Janubiy – G‘arbiy maxsus harbiy okrugi, viloyat «Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» AJ, viloyat «Hududgaz Qashqadaryo» MJCH, viloyat Turizmni rivojlantirish, ichki ishlar va Madaniyat boshqarmasi hamda «Nishon kо‘zgu» fermer xо‘jaligi, «Darmon farm», «Tozalik malikasi», «Yurt rizqi naslchilik» MJCH, «Orginal» savdo majmuasi tomonidan qо‘llab-quvvatlandi.

Aksiya doirasida bugun kо‘p qavatli uylarda yashovchi, karantin davomida uyidan chiqish imkoniyati cheklangan 100 nafar nuroniy otaxon va onaxonlar, 2-jahon urushi qatnashchilari, yakka-yolg‘iz keksalar holidan xabar olindi. Ularning bо‘sh vaqtlarini mazmunli о‘tkazishlari uchun badiiy kitoblar, koronavirusdan himoyalanish yо‘l-yо‘riqlari kо‘rsatilgan targ‘ibot materiallari, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy niqoblar va shaxsiy gigiyena vositalari hadya qilindi.

 

Foto+

28-03-2020 |
Foto galereya