Shahrisabz shahrida tashkil etilgan tadbirga mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, maxsus maktab-internatlar о‘quvchilari, kam ta’minlangan oilalar, yurtimiz tinchligi va barqarorligini asrash yо‘lida halok bо‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari taklif etildi.

Prezidentimizning о‘quv qurollari, kitoblar, turfa shirinliklardan iborat sovg‘alari 956 nafar bolajonlarga sektor rahbarlari va Respublikadan biriktirilgan vakillar ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, Prezidentimizning bolajonlarga atalgan maxsus Yangi yil sovg‘alari Kitob tumanidagi “Bolalar uyi” tarbiyalanuvchilariga ham yetkazildi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati.

Foto: M.Komilov.

30-12-2019 |
Foto galereya