Rasmiy ma’lumot. VILOYAT HOKIMI YAKKABOG‘LIK TADBIRKORLAR MUAMMOSINI HAL QILDI.

Rasmiy ma’lumot. VILOYAT HOKIMI YAKKABOG‘LIK TADBIRKORLAR MUAMMOSINI HAL QILDI.

Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Rо‘ziyev 27 iyul kuni erta tongda Yakkabog‘ tumani “Eski Yakkabog‘” qо‘rg‘onchasida kelib, aholi bilan uchrashdi.Ularning muammo va murojaatlarini tingladi. Tuman hokimligi va tadbirkorlar о‘rtasida yuzaga kelgan tushunmovchilik va anglashilmovchiliklarga chek qо‘ydi. “Obod qishloq” dasturi bо‘yicha olib borilayotgan ishlar mazmun-mohiyati ularga atroflicha tushuntirildi. Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, tadbirkorlar talabi qondirilgan. Viloyat hokimi Z. Rо‘ziyev tadbirkor Bahriddin Isomovning turmush о‘rtog‘i Nodira Haydarova hamda farzandi Sharofiddin Daminov bilan yakka tartibda muloqot о‘tkazgan. Yakkabog‘lik tadbirkor Bahriddin Isomovning dо‘koni buzilmaydigan bо‘ldi. Yetkazilgan moddiy zarar esa sud orqali undiriladi.

Shu kuni tushgacha davom etgan muloqotda viloyat hokimi 30 yaqin dо‘koni buzilgan tadbirkorlarga buzilgan dо‘koni yonida bо‘lib turishlarini, buzib tashlangan dо‘kon yoniga shaxsan о‘zi borib, kompensatsiya puli hisoblanib, tо‘lab berilishini nazoratga olishini bildirdi, bu buyicha  mas’ul xodimlarga tegishli topshiriq va kо‘rsatmalar berildi. Ayni damda, viloyat hokimi mazkur qо‘rg‘onchada bо‘lib turibdi. Tez fursatla ichida ushbu uchrashuv yakuni va holat yuzasidan tо‘liq material e’lon qilinishini ma’lum qilamiz.

                                                                                                           Bekzod Mamatqulov.

                                                   Viloyat hokimligi  axborot xizmati rahbari.