Joriy yilning 27 oktabr kuni viloyat hokimligi majlislar zalida "Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida"gi Prezident farmoni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlab о‘tkazilgan navbatdagi sessiyada Xalq deputatlari viloyat kengashi raisi Zoyir Mirzayev Xalq ta’limi mudirlariga xizmat avtomashinalari berilmaganini tanqid qilgandi. Kо‘rib turganimizdek oradan bir hafta о‘tib esa ularga 16 ta yangi avtomobillar topshirildi.

- Bir hafta ilgari viloyat rahbari biz bilan muloqotda tizimdagi muammolar haqida sо‘rab, nega xizmat avtomobili ajratilmagani bilan qiziqqandi. Mana bugun yangi xizmat mashinasi berishdi. Demakki, viloyat hokimi bizga sharoit yaratib berish orqali mas’uliyatimiz ortganini, endilikda hokimlarning ta’lim tizimi bо‘yicha maslahatchisi maqomida ekanligimizni eslatib qо‘ydi. О‘ylaymanki, men va hamkasblarim bu e’tiborga munosib javob qaytaramiz, — deydi Qamashi tuman xalq ta’limi bо‘limi mudiri Nazira Abrayeva.

Viloyat rahbari ishtirokidagi tantanali tadbirda Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘iga “Jentra”, qolgan mudirlarga esa “Nexia-3” avtomobili topshirildi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati.

05-11-2020 |
Foto galereya