Xabar qilinganidek, О‘zbekistonda Respublika maxsus komissiyasi qaroriga kо‘ra 1 apreldan joriy etilayotgan yangi karantin choralari doirasida yakka tartibdagi xayriya aksiyalari vaqtincha tо‘xtatildi.

Endilikda Mahalla va oilani qо‘llab-quvvatlash Qashqadaryo viloyati boshqarmasi qoshidagi xayriya yordamlarini muvofiqlashtish markazi tomonidan xayriya yordamlari muvofiqlashtiriladi.

Markazda jismoniy va yuridik shaxslarning beg‘araz yordamlari, homiylik xayriyalarini sanitar-gigiyenik talablarga muvofiqligi kо‘rikdan о‘tkazilib, karantin talablariga qa’tiy rioya etilgan holda (maxsus kiyim bosh va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan holda) ehtiyojmandlarga yetkazib beriladi. Aholining yordamga muhtoj qatlamiga xayriya yordamlarini shaxsan yetkazish istagida bо‘lgan nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari hamda saxovatpesha insonlar va kо‘ngillilar ushbu xayriya tadbirlarida yaqindan hamkorlik qilish va jarayonda qatnashishlari mumkin. Shuningdek, markaz tomonidan ehtiyojmand oilalarga berilgan xayriya yordamlari haqidagi ma’lumotlar OAVlari orqali jamoatchilikka muntazam yetkazib boriladi.

Ma’lumot uchun, pul kо‘rinishidagi mablag‘larni Mahalla va oilani qо‘llab-quvvatlash Qashqadaryo viloyati boshqarmasi qoshida tashkil etilgan xayriya yordamlarini muvofiqlashtish markazini hisob raqamiga 20212000300471746005, Trastbank Karshi filiali MFO: 01109, INN: 200666771 о‘tkazish tavsiya qilinadi.

Mahalla va oilani qо‘llab-quvvatlash
Qashqadaryo viloyati boshqarmasi

02-04-2020 |
Foto galereya