Hurmatli, ota-onalar, bilimga chanqoq va barkamol o‘g‘il-qizlarim!

Mamlakatimizda bugun Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyeyovning tashabbuslari bilan, o‘z ustimda ishlab, ilmli bo‘laman, degan, yuragida o‘ti bor, jo‘shqin yoshlarimizning tahsil olishlari uchun hamma qulayliklar yaratilmoqda.

Bugun butun dunyoni larzaga solayotgan koronavirus balosi odamlar salomatligiga jiddiy xavf solishi bilan birga, iqtisodiyotga salbiy taʼsir ko‘rsatdi.

Shunday qiyinchiliklarga qaramasdan muhtaram Yurtboshimiz tomonlaridan extiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, pandemiya munosabati bilan ish joyini yo‘qotgan fuqarolarni ish bilan taʼminlash, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator ishlar qilinmoqda.

Shu o‘rinda barcha bo‘g‘indagi rahbarlarga yoshlarni, xususan maktab, kollej va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari bandligini taʼminlash asosiy vazifa qilib belgilab berilgan.

Bugun Sizlarga mazkur topshiriqlarni bajarish borasida rejalarimizni yetkazmoqchimiz.

Viloyat aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil etib, shundan, 18-30 yoshdagilar 391 785 nafarga yetdi.

Viloyatdagi 771 ta mahallada sektor rahbarlari va hokimlik vakillarining yoshlar bilan uchrashuvlari o‘tkazildi, ularning muammolari eshitildi va umumlashtirildi. Natijada 18 dan 30 yoshgacha bo‘lgan 26 481 nafar yoshlarning ishsiz ekanligi aniqlanib ro‘yxati tuzildi.

Yil boshidan hozirgacha amalga oshirilgan ishlarimiz natijasida, ishsiz yoshlarning 13 536 nafar (51,2%) 
yoshlar   ish joyiga ega bo‘ldi. Jumladan:

  • Qurilish sohasida – 708 nafar;

  • Tadbirkorlik sohasida – 2 213 nafar;

  • Qishloq xo‘jaligi sohasida – 2 448 nafar;

  • Haq to‘lanadigan jamoatchilik ishlarga  – 3 883 nafar;

  • Davlat tashkilotlari va boshqa sohalarga – 3 060 nafar;

Yoshlarning 844 nafariga 30 milliard 513 million so‘m bank  kreditlari  ajratildi. Shundan  786 nafariga “Yoshlar kelajagimiz”  va “Har bir oila tadbirkor” dasturlari doirasida  25 milliard 203 million so‘m kredit ajratildi.

Shuningdek, yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi doirasida 1 729 nafar yoshlarga 1548,31 gektar yer maydoni ajratib  berildi.

Kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalarnining oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan tashabbuskor va iqtidorli farzandlarining 48 nafariga shartnoma-to‘lovlari uchun 162 mln so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lab berildi.  

Bundan keyin ham maktab, o‘rta maxsus taʼlimi muassasalari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining har birini aniq sohada band bo‘lishini taʼminlash eng asosiy vazifalarimizdan biri  bo‘ladi. Jumladan:

2019-2020  o‘quv  yilida  umumtaʼlim  maktablarini jami 47 680 yoshlar bitirdilar. Ularning  313 nafari (2019 yilida 281 nafar) kumush409 nafari (2019 yilida 205 nafar) oltin medallar bilan bitirdilar.

O‘tkazilgan so‘rov va o‘rganishlar natijasiga ko‘ra  maktab bitiruvchilarning 38470 nafari (81%) OTMlarda 9210 nafari (19%) o‘rta maxsus muassasalarida o‘qishni davom ettirish istagini bildirganlar.

Biz sektor raxbarlari bevosita ishlashimiz lozim bo‘lgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari soni 19 728 nafarni tashkil etadi.

Ularning bandligini  quyidagi tarzda amalga oshiramiz:

Kollej bitiruvchilarining  10 480 nafari (53%), oliy taʼlim muassasalarida, 554 nafari (3%) texnikumlarda o‘qishni davom ettirish istagini bildirmoqdalar, 8694 nafari (44%) esa o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bandligi taʼminlanadi. Albatta yana o‘qish istagini bildirgan yoshlarimizga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz, ammo oliy taʼlim muassasalariga kirolmagan yoshlarimiz bandligini taʼminlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rib qo‘yganmiz.   

Joriy yilda bitiruvchilarni Respublika bo‘yicha oliy taʼlim bilan qamrab olish uchun 26% kvotalar ajratildi. 2019 yilda bu ko‘rsatkich 20% tashkil etgan edi.

O‘qish istagi bor yoshlarimiz kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida ilm olishlari kafolatlandi.

Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.

Davlat grantlari 2 baravarga ko‘paytirildi. Qizlarimiz uchun alohida grantlar ham ajratildi.

Galdagi ustuvor vazifamiz yoshlarimiz bandligini taʼminlash bo‘lib, buning uchun Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan yana-da zarur sharoitlar yaratilib,  har bir yoshning o‘zi xoxlagan faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun imkoniyatlar ko‘lami kengaymoqda, jumladan:

“O‘zini o‘zi band qilish” loyihasi doirasida 3854 ta yangi ish o‘rinlari yaratamiz. Buning uchun xizmat ko‘rsatish faoliyati turlari 24 tadan 67 taga yetkazildi. Chevarlik, tikuvchilik, shirinliklar pishirish, milliy non mahsulotlari tayyorlab sotish, yog‘och va temir buyumlarga ishlov berish, sartaroshlik, repetitorlik, fotograf, dizayner va tarixni yaxshi bilganlar uchun gidlar kabi yo‘nalishlarning yo‘lga qo‘yilgani buni yaqqol misolidir.

Ahamiyatlisi, bu faoliyat turlarini ro‘yxatga olish mobil ilovalar orqali bepul amalga oshirilib, ulardan soliq to‘lovlari undirilmaydi.

Shuningdek, “Har bir oila tadbirkor” loyihasi doirasida 15% imtiyozli kreditlar orqali 7294 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

(tuman kesimida taxliliy taqdim etiladi) 

Hunarmandchilik orqali “Ustoz shogird” loyihasi asosida 1547 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Viloyatimizda yangidan qurilyotgan 122 ta obyektlar, 5982 ta yangi loyihalarni ishga tushirish, 715 ta faoliyat ko‘rsatmayotgan subyektlarni tiklash natijasida 6066 ta ish o‘rni va 20468 ta mavsumiy ishlarga jalb etiladi.

Buning uchun har haftaning juma kuni hokimliklarda faqat “Yoshlarni ish bilan taʼminlash va muammolarini yechish kuni” deb eʼlon qilindi. Ota-onalar va yoshlarimiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkin.

Shuningdek, oliy taʼliim muassasalarining bitiruvchilarini 100% ish bilan taʼminlash maqsadida viloyatdagi tashkilot va korxonalariga ishga qabul qilish bo‘yicha onlayn eʼlonlar va tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Viloyatdagi korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilish bo‘yicha onlayn rejim asosida (www@ishmehnatuzbot) faoliyat olib borilmoqda. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarni bo‘sh ish o‘rinlariga ishga taklif etish yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirgi kunda viloyatda 50 ga yaqin yo‘nalishda jami 4696 ta bo‘sh ish o‘rinlari  onlayn tarzida eʼlon qilindi.

Yoshlarni kafolatli ish joylari bilan taʼminlashda viloyatdagi 64 ta sektor, hokimlarning yoshlar siyosati va mahalla bo‘yicha o‘rinbosarlar, Yoshlar ittifoqi va bandlik boshqarmasining shahar va tuman bo‘limlari hamkorlikda amalga oshiriladi.

Bugungi kunda maʼlumot talab qilmaydigan yoshlarimiz uchun 1748 ta bo‘sh ish joylarimiz bor:

Йўналишлар кесимида

Бўш иш ўринлари сони

Ўртача иш ҳақи

1

Ҳайдовчи

14

668 331

2

Дурадгор

9

657 000

3

Ғишт цехига ишчи

45

Ишбай

4

Хизматчи

11

750 000

5

Парник ишчиси

27

800 000

6

Тикувчи, бичувчи

256

Ишбай

7

Соя етиштириш буйича ишчи

30

Ишбай

8

Чилангар-пайвандчи

7

Ишбай

9

Қурилиш ишларига

25

1 000 000

10

Юк туширувчи

13

700 000

11

Электро газ пайвандчи

17

Ишбай

12

Жамоат ишларига

550

751 000

13

Сувоқчи-бўёқчи, том ёпувчи

108

Ишбай

14

Қўриқчи (қоровул)

4

858 100

15

Йуллардан фойдаланиш унитар корхонаси

10

751 000

16

Ободонлаштириш бошкармаси

24

751 000

17

Кашкадарё йул кўкалам унитар корхонаси ишчиси

34

751 000

18

Электромонтер (ишчи)

17

751 000

19

Фавкулотда ёнгиндан саклаш  бўлими МЧЖ (ишчи)

23

850 000

20

Фаррош

14

650 000

21

Турли хил қишлоқ хўжалиги ишчилари

495

751 000

22

             Бетончи

   15

           Ишбай

 

Жами

1748

 

Ishlash istagi bor yoshlarni murojaatlarini eshitish, umumlashtirish va ularni yo‘naltirish maqsadida “Muvofiqlashtirish markazlari” tashkil etiladi.

  1. Viloyat hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo hududiy komissiyasi huzurida (tel: 75-221-02-08);

  2. Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi huzurida - (tel: 98-210-01-87)

  3. Viloyat Bandlik boshqarmasi huzurida - (tel: 75-221-54-91) shunday “Muvofiqlashtirish markazlari” tashkil etiladi.

        Bitiruvchilar murojaatlaridan kelib chiqib,  joriy yilning 1 noyabrgacha ularni ish bilan taʼminlash choralari ko‘riladi.

  • iyul oyida – 4501 nafar;

  • avgust oyida – 4876 nafar;

  • sentyabr oyida – 3376 nafar;

  • oktyabr oyida – 2813 nafar;

  • noyabr oyida – 3188 nafar.

Fursatdan foydalanib, har bir yoshni zamon talablariga mos qilib tarbiyalab yetkazish Siz ota-onalarga, ularga bilim berishda o‘zining bor tajriba va malakasini ishga solgan, kerak bo‘lsa sog‘lig‘ini ayamay kelayotgan aziz pedagoglarga murojaat qilmoqchimiz:

Yoshlarimiz Sizdan o‘rnak oladi, Sizga quloq soladi. Ularga bilim va mehnat ko‘maklaringizni shakllantirishdan to‘xtamang;

  • ularning bekor o‘tirganidan ko‘ra o‘zi va oilasi uchun foydali biror yumush bilan band bo‘lishlariga, har qanday ish haqiga qanoat qilib, hayotda o‘z yo‘lini topishlariga yordam bering;

  • bolangizni ish bilan band bo‘lishiga befarq bo‘lmang;

  • bugungi kunda Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan joriy qilingan imtiyozlardan unumli foydalanishga yo‘naltiring.

   Shuni teran anglab olishimiz lozimki, yuqorida qayd etilgan barcha masalalarni faqat hokimlik yoki sektor raxbarlari amalga oshiradi desak, noto‘g‘ri bo‘ladi.

Siz va Biz birlashib harakat qilsak, kuch va imkoniyatimizni birlashtirsak, kelajagimiz egalari bo‘lgan farzandalarimizning qisqa vaqtda o‘z o‘rnini torpguncha katta imkoniyat yaratgan bo‘lamiz.

Har bir deputatni o‘zi saylangan hududdan bitiruvchilarning bandligini taʼminlash uchun yana-da faolroq bo‘lishga, ushbu jarayonni o‘z faoliyatining muhim mezoniga aylantirishiga chaqiramiz.

Barcha bitiruvchilarning bandligini taʼminlashda esa bizga jamoatchilik yaqindan yordam beradi. Ushbu maqsadda hududlarda jamoatchilik guruxlarini  tashkil qilamiz.

Aziz yoshlar, hurmatli ota-onalar!

Biz Sizlarni kutamiz, qo‘llab-quvvatlaymiz. Fursatdan foydalanib aytmoqchimizki, bugungi murakkab va sinovli davrda o‘z olgan bilim va ko‘nikmalaringizni jonajon Vatanimizni yana-da yuksaltirish yo‘lida yonimizda turib faoliyat olib borishingiz muhtaram Prezidentimiz boshchiliklarida O‘zbekistonni jahondagi eng rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shishda bizga yelkadosh bo‘lib ishlashingiz biz katta avlod vakillariga ham kuch-quvvat bag‘ishlaydi.

Jonajon yurtimizning ravnaqi yo‘lida ilmli, izlanuvchan, iqtidorli hamda sadoqat bilan mehnat qilaman degan kelajagimiz yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz.

Unutmang, O‘zbekistonni buyuk kelajagini Siz bilan birga quramiz!

Foto galereya