Assalomu alaykum,

Hurmatli Sessiya ishtirokchilari !

 

Joriy yil 16 oktabr kuni Hurmatli Prezidentimiz tomonidan о‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash bо‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdilar.

Viloyat aholisi 3 mln. 318 ming nafarni tashkil qiladi.

Joriy yil 9 oy yakunlari sarhisob qilinganida aholi dasturxoniga:

221 ming tonna gо‘sht (о‘tgan yilga nisbatan 103,5 foiz);

867 ming tonna sut (102,1 foiz);

347 mln.dona tuxum (101,7 foiz);

147 ming tonna kartoshka (101,4 foiz);

393,5 ming tonna sabzavot (101,8 foiz);

158 ming tonna poliz mahsulotlari (104,6 foiz);

136 ming tonna meva (102 foiz)yetkazib berildi.

Shuningdek, bugungi kunda 1 mln. 570 ming bosh qoramollar, 4 mln. 583 ming bosh qо‘y va echkilar, 6 mln. 158 ming bosh parrandalar parvarishlanmoqda.

Tahlil qilganimizda keyingi 3 yilda (2018-2020 yillar) gо‘sht ishlab chiqarishni (mol, qо‘y, parranda, baliq va quyon gо‘shti) kо‘paytirish maqsadida jami 525 mlrd.sо‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan.

Xususan:

qoramolchilik yо‘nalishida 393 mlrd.sо‘m;

parrandachilik uchun 83 mlrd.sо‘m;

baliqchilikni rivojlantirishga 44 mlrd.sо‘m;

quyonchilik uchun 5 mlrd.sо‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

Natijada, keyingi 3 yilda viloyatda gо‘sht yetishtirish 8 ming tonnaga kо‘paygan.

Chorva ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida chorvachilik xо‘jaliklariga 57 ming gektar yer maydonlari ajratib berilgan.

Shundan 28 ming gektarga joriy yilda yangi beda, 11 ming gektarga makkajо‘xori, 6 ming gektarga oq juxori va 900 gektarga xashaki lavlagi ekildi.

Takroriy ekin sifatida makka doni uchun 8 ming gektar, silos uchun 9 ming gektar ekildi.

Chorva zotini yaxshilash maqsadida, joriy yilda 2 ming 325 bosh zotli qoramol, 2 ming 906 bosh qо‘y chetdan (Ukraina, Avstriya, Polsha, Germaniya) olib kelindi.

Joriy yilda qishloq xо‘jaligi yо‘nalishida 354 mlrd. sо‘mlik, 205 ta loyihalar amalga oshirildi.

 

Viloyatda 600 gektar issiqxonalar mavjud bо‘lib, joriy yilning о‘tgan 9 oyida 42 ta loyiha asosida 93 gektar issiqxonalar tashkil qilindi (30 gektar gidroponika, 63 gektar oddiy).

Bundan tashqari, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida 30 ta mahallalarda umumiy qiymati 182 mlrd.sо‘mlik 10 109 ta (2-3 sotixli) 260 gektar issiqxonalar tashkil etish ishlari boshlangan.

Mahsulotlarni sifatli saqlash uchun 76 ming tonna sig‘imga ega 131 ta sovutgichli sig‘imlar hamda 56 ming tonnalik 207 ta omborlar  mavjud.

Hurmatli Deputatlar,

Viloyatda oziq-ovqat xavfsizligini kafolatli ta’minlash hamda ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshiramiz.

Aholini joriy yilning 1 noyabridan 2021 yil 1 may oyiga qadar bо‘lgan davrda 6 oylik, asosiy turdagi oziq ovqat va qishloq xо‘jalik (gо‘sht, tuxum, shakar, kartoshka, piyoz, sabzi, guruch, un va yog‘)  mahsulotlarga bо‘lgan talabini aniq hisob-kitobini ishlab chiqdik.

Xususan, 86 ming tonna kartoshka, 11 ming tonna piyoz, 32 ming tonna sabzi, 16 ming tonna guruch, 123 ming tonna un mahsulotlari, 46 ming tonna mol va qо‘y gо‘shti,
24 ming tonna parranda gо‘shti, 17 ming shakar, 12 ming tonna baliq, 360,3 mln.dona tuxumga ehtiyoj mavjud.

Shundan, viloyat aholisini mol va qо‘y gо‘shtiga, un mahsulotlariga, sabzi va piyozga bо‘lgan talabi mahalliy ishlab chiqarish hisobidan ortig‘i bilan ta’minlanadi.

Parranda gо‘shtiga bо‘lgan 24 ming tonna talabning  8 ming tonnasi (32 foiz) mahalliy ishlab chiqarish hisobiga qoplansa, 16 ming tonnasi (68 foiz) qо‘shni Samarqand viloyati parranda korxonalaridan keltiriladi.

Kartoshkaga bо‘lgan ehtiyoj 86 ming tonnani tashkil etib, shundan 70 ming tonnasi (83 foiz) mahalliy ishlab chiqaruvchilar hisobidan, 14 ming tonnasi (15 foiz) boshqa viloyatlar va 2 ming tonnasi (2 foiz) import hisobidan qoplanadi.

Shakarga bо‘lgan ehtiyoj 17 ming tonnani tashkil etadi. Shundan о‘zimizda 2,6 ming tonna (15 foiz) mahsulot zahirasi mavjud. Qolgan 14,8 ming tonnasi (85 foiz) boshqa viloyatlardan va import hisobidan qoplanadi.

О‘simlik yog‘iga bо‘lgan ehtiyoj 15 ming tonnani tashkil etadi. Viloyatdagi 2 ta yog‘ ekstraksiya korxonalari quvvatini oshirish orqali va ularga 98 ming tonna chigit mahsuloti yetkazib berish hisobiga 16 ming tonna yog‘ ishlab chiqariladi.

Baliqqa bо‘lgan 12 ming tonna talabning 7 ming tonnasi (58 foiz) mahalliy ishlab chiqarish hisobiga, 5 ming tonnasi (42 foiz) boshqa viloyatlar hisobiga keltiriladigan mahsulotlardan ta’minlanadi.

2020-2021 yil qish-bahor mavsumi uchun  jami 65 ming tonna, shundan:

35 ming tonna kartoshka;

15 ming tonna piyoz;

8 ming tonna sabzi;

7 ming tonna guruch zaxiraga jamg‘ariladi.

Shundan:

xalq ta’limi tizimi uchun 288 tonna;

maktabgacha ta’lim muassasalariga 641 tonna;

sog‘liqni saqlash tizimida 469 tonna;

tayyorlov, ta’minotchi va savdo korxonalari tomonidan  64 ming tonna mahsulotlar jamg‘ariladi.

Shuningdek, sog‘lom raqobat asosida bozorni tо‘yintirib turish (intervensiya) maqsadida 9 xil asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini zahirasini yaratib, zaruratga qarab kunlik savdoga chiqarib turish tizimini ishlab chiqdik va bu bо‘yicha qaror qabul qildik.

Unga kо‘ra, aholi talabidan kelib chiqib, har kuni 34 tonna mol va qо‘y gо‘shti, 19 tonna tovuq gо‘shti, 320 ming dona tuxum mahsulotlari nisbatan arzon narxlarda kunlik savdoga chiqariladi.

Huddi shunday, doimiy zaxirada turadigan 18 ming tonna kartoshka, 3 ming tonna piyoz, 6 ming tonna sabzi, 7 ming tonna guruch, 3,5 ming tonna о‘simlik yog‘i, 1,5 ming tonna shakar, narxlarni barqarorlashtirish uchun grafik asosida savdoga chiqarib turiladi.

Mahsulotlar savdosi uchun viloyatdagi 19 ta bozorlar, 24 ta aholi gavjum maskanlarda arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkalari tashkil qilinadi.

Masalan, Qarshi shahridagi 4 ta dehqon (oziq-ovqat) bozorida tashkil etilgan savdo yarmarkalari “Onlayn” kuzatuv asosida nazorat qilinmoqda.

Bundan tashqari viloyat hududidagi supermarketlar, yirik savdo nuqtalari hamda rastalarda sotilayotgan gо‘sht, tuxum va boshqa qishloq xо‘jalik mahsulotlari narxlari ustidan nazorat qilish maqsadida hokimlarning birinchi о‘rinbosarlari, prokurorlar va deputatlardan iborat guruhlar faoliyatini yо‘lga qо‘yyamiz.

Tuman hokimlari tomonidan zaxira tadbirlariga ishtirok etayotgan subyektlarga bozorlar va aholi  gavjum joylardan bepul savdo nuqtalari (rastalar) ajratilishi ta’minlanadi.

Qarshi shahrining aholi gavjum maskanlarda “Sirg‘ali tajribasi” asosida yengil konstruksiyali “yashil dо‘konlar” quriladi.

 

Hurmatli Deputatlar,

Mahsulotlar zaxirasini shakllantirish hamda kunlik iste’molga yetkazib berilishini moliyalashtirishga kо‘maklashish maqsadida, viloyat hokimligi huzurida “Oziq-ovqat xavfsizligijamg‘armasi tashkil etiladi.

Jamg‘armaga, alohida rahbar tayinlanadi, xodim olinadi, о‘zining Nizomiga, biznes rejasiga, muhr va shtampiga hamda hisob raqamiga ega bо‘ladi.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:

xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar)lar Kengashlarining qarorlariga asosan, mahalliy byudjet daromadlari prognozining oshirib bajarilgan qismidan ajratmalar;

viloyat hokimining qarorlariga asosan, hokimlik muassisligida tashkil etilgan xо‘jalik yurituvchi subyektlarning ajratmalari;

tijorat banklarining kreditlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning mablag‘lari (kreditlar, grantlar, texnik kо‘maklar va boshqalar);

yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Jamg‘armaning mablag‘lari aholini asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xо‘jalik mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, bozorlarda narx-navoning keskin oshishining oldini olish maqsadida intervension xaridlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlik subyektlarini qо‘llab-quvvatlash uchun sarflanadi.

Jamg‘armaga dastlab byudjetdan, jami 24 mlrd.sо‘m, shundan 8 mlrd.sо‘mini viloyat byudjetidan, 16 mlrd. sо‘mini esa tuman (shahar)lar byudjetidan ajratishni rejalashtirdik. 

Jamg‘arma tadbirkorlik subyektlarini qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha ularga foizsiz ssudalar ajratadi.

Bundan tashqari, Jamg‘armaning о‘zi ham tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri shartnoma asosida “birinchi qо‘ldan” mahsulotlarni olib kelib arzon  narxlarda sotishni ham yо‘lga qо‘yadi.

 

Hurmatli Deputatlar.

Joriy yilda 58 ming gektarga takroriy ekin ekilgan.

 Bular hisobidan, 87 ming tonna sabzavot, 14 ming tonna poliz, 71 ming tonna kartoshka, 39 ming tonna dukkakli mahsulotlar yig‘ib olinadi.

Shuningdek, Investitsiya dasturi bо‘yicha qishloq xо‘jaligi yо‘nalishidagi asosiy loyihalarimiz 4-chorakda ishga tushadi:

Jumladan:

Parrandachilik yо‘nalishida 47 mlrd.sо‘mlik 21 ta loyiha hisobiga 396 ming bosh parranda boqish tashkil etiladi;

Baliqchilik sohasida 21 gektar yer maydonida baliq   yetishtirishga mо‘ljallangan 26 mlrd.sо‘mlik 22 ta loyiha;

Quyonchilik sohasida 14 ming bosh quyon boqishga mо‘ljallangan 10 mlrd.sо‘mlik 8 ta loyiha;

Asalarichilik yо‘nalishida 3,9 mlrd.sо‘mlik 13 ta loyihalar amalga oshirish bо‘yicha ish olib borilmoqda.

 

Bundan tashqari, 21,3 ming gektar maydonga avgust-sentabr oylarida piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlari hamda noyabr-dekabr oylarida tо‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekish rejalashtirilgan.

Shundan, fermer xо‘jaliklarida 7,3 ming gektar, dehqon xо‘jaliklari va aholi tomorqalarida 14,0 ming gektar ekiladi.

Ushbu maydonlardan jami 387 ming tonna hosil olish rejalashtirilgan.

Yuqorida aytib о‘tilgan vazifalarni tо‘laqonli bajarish bо‘yicha, bu ishlarga mas’ul bо‘lgan rahbarlar bilan birgalikda barcha zaruriy choralar kо‘riladi.

 

E’TIBORLARINGIZ UCHUN RAHMAT!

21-10-2020 |
Foto galereya