Har bir tadbirkorga – kо‘makdosh, yelkadosh va madadkormiz! 

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar! 

Qashqadaryo vohasi – mamlakatimizda о‘zining shonli tarixi, tengi yо‘q osori atiqalari va madaniy meros obyektlari bilan о‘z о‘rniga ega. 

Shu bilan birgalikda jonajon yurtimizning gо‘zal va betakror tabiati, qulay iqlimi, sarxil mevalari, boy tabiiy resurslari, unumdor yerlari tadbirkorlikning barcha yо‘nalishlarida keng va samarali faoliyat olib borish imkonini beradi. 

Bugungi kunda viloyatimizda 58300 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritadi. Ularning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi keyingi 3 yilda 51,1 foizdan 61,4 foizga kо‘tarildi.  

Siz yaxshi bilasiz, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning sayi harakatlari va shaxsiy tashabbuslari bilan mamlakatimizda tadbirkorlikning qonuniy asoslari mustahkamlandi. Xitoy, Germaniya, Rossiya kabi rivojlangan davlatlar tajribasini о‘rganish, halqaro darajadagi konsultantlar va ekspertlarni jalb qilish orqali soha rivoji uchun qulay muhit shakllandi. 

Jumladan:  

Tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat berish va ularni rо‘yxatga olishda qog‘ozbozlik va byurokratik jarayonlar sezilarli darajada qisqardi. 

Tadbirkorlik subyektlarini tekshirmaslik bо‘yicha 2 yillik moratoriy e’lon qilinib, barcha darajadagi davlat boshqaruvi idoralari, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari tomonidan tekshirishlarga qat’iy barham berildi. 

Tijorat banklari bilan о‘zaro munosabatlarda tadbirkorlar huquqlari va manfaatlarining ustuvorligi prinsipi joriy etilib, kreditlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq bо‘lgan jarayonlar bir muncha soddalashdi. 

Bir sо‘z bilan aytganda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan keyingi uch yilda qabul qilingan 50 dan ortiq farmon va qarorlar asosida mamlakatimizda tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bugungi kunda davlat siyosati darajasiga kо‘tarildi. Yurtboshimiz tomonlaridan ilgari surilgan “Biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz” - degan hayotbaxsh g‘oya ijro organlari rahbarlari ongiga singdirib kelinmoqda.  

Biz viloyatdagi barcha mahalliy boshqaruv va ijro organlarining tadbirkorlik sohasiga oid faoliyatini tanqidiy tahlil qilgan holda, olib borayotgan ishlarimiz talabga javob bermasligiga ishonch hosil qildik va Siz aziz tadbirkorlarning yanada samaraliroq faoliyat yuritishlaringiz uchun tо‘siq bо‘layotgan quyidagi muammolar mavjudligini:  

  1. Tadbirkorlar uchun yer ajratish va infratuzilma tarmoqlariga ulanishda belgilab berilgan muddatlarga rioya qilmaslik yoki asossiz rad etish;
  2. Tadbirkorlik subyektlarini rо‘yxatga olish, ruxsat berish, litsenziyalash va mulkga egalik huquqini belgilashda vakolatli organlar tomonidan sansolarlik va ortiqcha qog‘oz talab qilish holatlari;
  3. Kredit ajratishda “resurs yо‘q”, “garov ta’minoti yetarli emas” kabi asossiz vajlarning ishlatilishi, kredit foizlarining yuqoriligi hamda garovga qо‘yilayotgan mulklarni narxlashda tadbirkor bilan bank о‘rtasida kelishmovchiliklarning kо‘plab mavjudligi; 
  4. Banklar tomonidan kredit foizini belgilashda tadbirkorlik yо‘nalishidan kelib chiqib, differinsial yondoshuvning yо‘qligi sabab, sanoat va qishloq xо‘jaligi sohalaridagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish samaradorligining pastligi;
  5. Tadbirkorlarga tegishli bо‘lgan xususiy mulklarning asossiz olib qо‘yish, obodonlashtirish bahonasida tadbirkorlar mulkini noqonuniy buzish yoki kо‘chirish holatlarining kо‘plab uchrayotganligi;
  6. Soliq imtiyozlarini qо‘llash, faoliyatingizga asossiz aralashish va homiylik qilishga majburlash holatlariga barham berilmayotganligi;
  7. Mahalliy xokimliklarda malakali mutaxasislarni yetishmasligi,soliq, savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari, davlat aktivlarini boshqarish hamda davlat xizmatlari agentliklari, arxitektura, kadastr va shu kabi tadbirkorlik faoliyatiga aloqador bо‘lgan boshqa kо‘plab idoralar о‘rtasida uzaro bog‘liqlikning muvofiqlashmaganligi sababli, hududlardagi mineral resurslar, tabiiy boyliklar va iqlim sharoitidan kelib chiqib, tashabbuskorlar va investorlarni yо‘naltirish, bu borada zarur axborotlarni taqdim qilish tizimi tо‘laqonli shakllanmaganligini tan olamiz.

Buning isboti sifatida, Qashqadaryo viloyatidagi О‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini kо‘rib chiqish qabulxonasi о‘z faoliyatini boshlagan qisqa 5 oy ichida, qabulxonaga qilingan 1598 ta murojaatlarda, 2116 ta muammolar qayd etilganligini ta’kidlashning о‘zi yetarli. 

Davlatimiz rahbari “Ikkita ish joyi yaratgan odamni yelkamda kо‘taraman” deya tadbirkorlarni ruhlantirib turgan bir paytda, hududiy davlat va xо‘jalik boshqaruv organlari faoliyatida yuqoridagi kabi kamchiliklarga yо‘l qо‘yilayotganligiga qanday murosa qilish mumkin. 

Lekin, ana shunday qiyinchilik va byurokratik holatlar bо‘lishiga qaramasdan о‘zlarining vatanparvarligi, tinimsiz harakati tufayli samarali faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarimiz bor va quvonarlisi ular kо‘payib bormoqda.  

Masalan: Qarshi tumanidagi “Sharofiddin Nurullo” mas’uliyati cheklangan jamiyati (rahbari N.Nomozov) aholiga yuk va yо‘lovchi tashish xizmatini yо‘lga qо‘yib, 120 nafar fuqaroni ish bilan ta’minladi va davlatga yiliga 400,0 mln.sо‘m soliq tо‘lamoqda. 

Nishon tumanidagi “Nishon kо‘zgu” kо‘p tarmoqli fermer xо‘jaligi esa (rahbari SH.Uzoqov), 100 nafarga yaqin fuqaroni ish bilan ta’minlab, yiliga 1 million 200 ming dollar qishloq xо‘jalik mahsulotlari eksportini amalga oshirgan holda, davlatga 120 mln.sо‘m soliq tо‘lamoqda. 

Xuddi shunday, paxta tо‘qimachilik klasteri tashkil qilib 250 nafar ish о‘rni yaratgan Qarshi shahridagi “Sulton teks group” xususiy korxonasi (rahbari N.Ergashev) hamda meva-sabzovot klasteri tashkil qilayotgan Yakkabog‘ tumanidagi “Sharofat ona Qahramon qizi” mas’uliyati cheklangan jamiyati (rahbari A.Normurodov)ni ham alohida ta’kidlab о‘tish mumkin. 

Biz yuqorida nomlari keltirilgan va shular qatorida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning fidokorona mehnatlarini yuksak qadrlaymiz va minnatdorchilik bildiramiz. 

Shuningdek, 2020 yilda kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushini 67 foizga yetkazish maqsadida barcha zaruriy choralar kо‘riladi. 

Xususan, 9 mingdan ziyod yuridik maqomdagi yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish hamda faoliyatini vaqtincha tо‘xtatgan       3 mingdan ortiq subyektlarni qо‘llab-quvvatlash orqali faoliyatini tiklash ta’minlanadi. 

Bundan tashqari, kelgusi yilda tadbirkorlarimiz tomonidan amalga oshirilayotgan, 1 trln. 695 mlrd sо‘mlik 312 ta sanoat, 1 trln. 491 mlrd. sо‘mlik 478 ta xizmat kо‘rsatish va 1 trln. 350 mlrd.sо‘mlik 407 ta qishloq xо‘jaligi sohasidagi yangi loyihalarini tо‘liq ishga tushirilishida ularga yelkadosh bо‘lamiz. 

Loyihalarni amalga oshirishda hududlarning ixtisoslashuviga alohida e’tibor qaratiladi. Masalan, Kitob tumanida anorchilik va uzumchilik, Shahrisabz va Yakkabog‘ tumanlarida bog‘dorchilik, Chiroqchi tumanida polizchilik (tarvuz), Qamashi tumanida kurkachilik va quyonchilik, Dehqonobod tumanida dorivor о‘simliklarni (kovrak) yetishtirish va qayta ishlash klasterlarini tashkil qilish bо‘yicha ish olib borilmoqda. 

Qadrli tadbirkorlar, aziz ishbilarmonlar! 

Bugundan boshlab barcha mahalliy davlat idoralari faoliyatining  

50 foizi tadbirkorlik sohasi muammolarini hal qilishga qaratiladi.  

Bunda: 

Viloyatning 4 ta sektoridan boshlab, boshqaruvning barcha bо‘g‘inidagi rahbarlar tomonidan, har bir loyihangizni amalga oshirishda hududning ertangi kuni, aholi farovonligi, yangi ish joylarining kafolati nuqtai nazaridan yondoshuv ta’minlanadi. 

Tadbirkorlar jamiyatda eng asosiy yetakchi kuch, iqtisodiyotimizni tayanch ustuni ekanligini inobatga olib hamda mahalliy davlat idoralari faoliyatiga baho berish maqsadida “Viloyatda hamda shahar va tumanlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar jamoatchilik kengashlari”ning tarkibi qaytadan kо‘rib chiqiladi. 

Yuqoridagi, salbiy holatlardan xulosa qilgan holda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, har bir tadbirkorning muammolarini tezkorlik bilan hal qilish va byurokratik holatlarga chek qо‘yish maqsadida quyidagi tizimni joriy qilishni rejalashtirdik: 

Birinchidan, chet el investitsiyasi ishtirokidagi va xorijiy korxonalar tashkil qilish loyihalari viloyat hokimining shaxsiy nazoratida bо‘ladi. 

Shuningdek, yangi tashkil etilayotgan va faoliyatida muammolari mavjud bо‘lgan tadbirkorlik subyektlarining har bir loyihasini amalga oshirish uchun tuman, shahar hokimlari shaxsan mas’ul bо‘ladila

Bunda, Siz hurmatli tadbirkorlarning muammolaringiz о‘z yechimini topmagan taqdirda viloyat hokimligining “qashqadaryo.uz” rasmiy saytiga, va 75–221-01-28, 75-221-20-16 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin. 

Murojaatingiz yuzasidan, uzog‘i bilan 3 kun muddatda viloyat hokimi tomonidan qabul qilinishingiz ta’minlanadi. 

Ikkinchidan, faoliyat yо‘nalishidan qat’iy nazar har bir viloyat tashkiloti va idora rahbari “Tadbirkorga kо‘makdosh va yelkadosh” tamoyili asosida ish olib boradi va murojaatingiz bо‘yicha kо‘pi bilan 3 kun ichida Sizni qabul qiladi. 

Uchinchidan, har bir tadbirkorning mulkiy daxlsizligi kafolatlanadi, uning mulkini asossiz buzish, kо‘chirish yoki olib qо‘yish hollariga yо‘l qо‘yilmaydi. Bu borada viloyat prokuraturasi tomonidan qonun ustuvorligi ta’minlanadi. 

Tо‘rtinchidan, tadbirkorlik faoliyatiga ortiqcha aralashish, homiylik qilishga majburlash, tadbirkorlikka taalluqli bо‘lmagan har xil majlislarga chaqirish holatlariga barham beriladi.  

Beshinchidan muammolaringizni qisqa fursatda bartaraf etish maqsadida, uch kun muddatda har bir shahar va tumanning aholi gavjum bо‘lgan kamida 4 ta joyida hokim va sektor rahbarlarining 24 soat ishlaydigan telefon raqamlari yozib qо‘yiladi. 

Bundan keyin sektor rahbarlarining faoliyatiga nechta tadbirkor bilan uchrashgani, uning masalasini hal qilgani bо‘yicha monitoring yuritish orqali baho beriladi. 

Oltinchidan, har bir tuman, shahar hokimligi tomonidan hududdagi mineral resurslar, suv, tuproq va iqlim sharoitidan kelib chiqib, hududni tadbirkorlikning muayyan yо‘nalishiga ixtisoslashtirishtirish yagona konsepsiyasi ishlab chiqilib, bir hafta muddatda keng jamoatchilik oldida taqdimoti о‘tkaziladi. 

Hurmatli, viloyat va tuman rahbarlari!  

Faoliyatingiz asosini tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish vaqti kelganligini aslo unutmang. 

Tadbirkorning murojaatini tezkorlik bilan, joyiga chiqqan holda shu kunning о‘zida hal qiling. 

Tadbirkorlar va biznes vakillarining Sizga bergan bahosi faoliyatingiz kо‘zgusidir. 

Qadrli tadbirkorlar, ishbilarmon aka-ukalar, opa-singillar.  

Siz о‘z harakatingiz, tadbirkorligingiz va vatanparvarligingiz tufayli, hozirgacha juda kо‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirdingiz va tajriba orttirdingiz. 

Sizdan yosh tadbirkorlarga kо‘maklashishingiz va mavjud muammolarni hal qilish hamda sohani rivojlantirish borasida takliflar berishingizni, joylarda duch kelayotgan muammolaringiz va sansalorlik holatlarining har qanday kо‘rinishi tо‘g‘risida yuqorida keltirilgan rasmiy WEB sayt va telefon raqamlari orqali ma’lum qilishingizni sо‘raymiz. 

Unutmang! Biz sizga kо‘makdosh, yelkadosh va madadkormiz.

Z.MIRZAYEV, Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi.

12-11-2019 |
Foto galereya