Qashqadaryo viloyati hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bо‘yicha о‘rinbosari O.Shagazatov 20-22 fevral kunlari xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida Turkiyada bо‘ldi.
Safar davomida "Özfatihler Vinç" - osma kranlar ishlab chikaruvchi, "Topçuoğlu Plastik Ltd. Şti" - tomchilab sug‘orish uskunalari ishlab chikarishga ixtisoslashgan, "Konbaksan Tarim Ürünleri Nakliyat Gida Inşaat Müteahhitlik Hizmetleri San. Tic. Ltd. Şti" - dukkakli о‘simliklarni yig‘ib olish va saralash uskunalarini ishlab chiqarish, "IMAS" - metallkonstruksiya ishlab chiqarish zavodlarida hamda "Yemsa Makina Sanayı A.Ş" korxonasi faoliyati bilan tanishildi hamda mas’ul vakillari bilan hamkorlik bо‘yicha kelishildi.
Kelishuvlarga kо‘ra, mazkur zavod va korxonalar mas’ullari shu yili mart-aprel oylarida loyihalarni yо‘lga qо‘yilishi bо‘yicha Qashqadaryo viloyatiga kelishlari rejalashtirildi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati