Qarshi shahrida ham IT-texnopark ochiladi

Qarshi shahrida ham IT-texnopark ochiladi

25-09-2020 | Ijtimoiy | 212

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmasi bilan hududlarda mahalliy yoshlar, tadbirkorlar, yangi hunar o‘rganish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun keng qulayliklar yaratish maqsadida IT-texnoparklarni ochish ishlari boshlangan edi.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparki istiqbolli startap loyihalarni ishga tushirish va ularni bozorga olib chiqish maqsadida ochilayotgan bu kabi texnopark Qarshi shahrida ham bunyod etilmoqda. Ushbu obyekt ochilishi oldidan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev vohamiz va poytaxtda faoliyat ko‘rsatayotgan dasturchilar, robototexniklar, veb-dizaynerlardan iborat IT sohasini vakillari bilan uchrashdi.

O‘z loyihalari bilan qatnashayotganlar viloyat hokimi va ishtirokchilarga taqdimotlarini namoyish etishdi. Ayniqsa, Qarshi tumanidagi tibbiyot muassasalarini raqamlashtirish tizimida Qarshiboyev Ulug‘bekning "Tibbiy maʼlumot tizimi" va “Elektron klinika” mavzusidagi innovatsion taqdimoti barchaga maʼqul keldi.

Ahror Sodiqov,
Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari

Foto galereya