Ma’lumki, 2019-2020 о‘quv yili uchun yangi qabul qilingan “Yosh qutqaruvchilar” klubi tarbiyalanuvchilarning Vatan oldidagi burchlarini ado etishlari uchun tantanali “Va’da” berish marosimlari keng nishonlanib kelinmoqda.
Shu boisdan, shahrimizning Vatanparvarlar bog‘ida О‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan Qarshi shahridagi 34-8-43-sonli maktablar qoshida tashkil etilgan “AKADEM PLYUS” nodavlat notijorat muassasasi “Yosh qutqaruvchilar” klubi tarbiyalanuvchilari ishtirokida tantanali marosim bо‘lib о‘tdi.
Tantanali va’da berishga bag‘ishlangan tantanali marosimi Bayroqdor guruhining kirib kelishi bilan boshlandi. Qashqadaryo viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining yosh qutqaruvchilarga yо‘llangan tabrigi yetkazilgach, “AKADEM PLYUS” nodavlat notijorat muassasasi “Yosh qutqaruvchilar” klubi tarbiyalanuvchilari tantanali “Va’da” qabul qildilar.
“Yosh qutqaruvchilar” klubi tarbiyalanuvchilari О‘zbekiston xalqiga va Prezidentiga sadoqatli bо‘lishga, О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi talablarini sо‘zsiz va vijdonan bajarishga, xalq va davlat manfaatlarini himoya qilishga tantanali ravishda va’da berdilar.
Tadbir davomida о‘quvchilarga harbiy qurollar haqida, ularni qismlarga ajratish, yig‘ish usullari haqida batafsil tushunchalar berildi va amaliy mashg‘ulotlar о‘tildi. Uchrashuv yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Qashqadaryo viloyat hokimligi Axborot xizmati.