Doim shunday. Biz о‘z harakat yoki harakatsizligimiz qanday oqibatlar keltirib chiqarishini bilsakda, qonun о‘z sо‘zini aytganda, ya’ni jazo muqarrarligi ma’lum bо‘lganda harakatni boshlaymiz.

Bu safar ham shunday bо‘ldi. Qarzdor fuqaro SH.A ma’muriy javobgarlikka tortilish arafasida aliment tо‘lamasligi natijasida yuzaga kelgan 22.044.559 sо‘m qarzdorlikni tо‘lab berdi.

Xususan, Fuqarolik ishlari bо‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining 17.11.2008 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor SH.Adan undiruvchi               A.B foydasiga tо‘rt nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun qarzdor oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish tо‘g‘risidagi ijro hujjati bо‘yicha 01.04.2015 yildan 01.05.2019 yilga qadar aliment pullari tо‘lanmasdan kelgan.

Biroq, byuroning Yakkabog‘ tuman bо‘limi xodimlari tomonidan qarzdor SH.A ma’muriy javobgarlikka tortilish borasida sо‘ngi bor ogohlantirilgach, alimentdan bо‘lgan 22.044.559 sо‘m qarzdorlikni tо‘lab berishga majbur bо‘ldi.

О‘z о‘rnida, undiruvchi A.B pullarni olishi balanoq 21.05.2019 yilda ijro hujjatini ijro qilmasdan о‘ziga qaytarib berishlarini sо‘rab ariza yozdi va shu kunning о‘zida ijro hujjati О‘zbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tо‘g‘risida"gi Qonunining 40-moddasi 1-qismining 1-bandiga asosan tamomlandi.

 

Majburiy ijro byurosi

Qashqadaryo viloyati boshqarmasi

 

 

25-05-2019 |
Foto galereya