Kuni kecha Kun.uz internet saytida “Alaqо‘yliqliklar “Obod qishloq” bо‘yicha olib borilayotgan ishlardan norozi: Kitob hokimligi barcha ishlarni qog‘ozda bajarganmi?“ sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Bardoshbek Samad о‘g‘li (G‘olib Abdusalomov) tomonidan Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Alaqо‘yliq” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Alaqо‘yliq qishlog‘i aholisi murojaat qildi, deya (Murojaatchilar kimlar? Ismi va familiyasi keltirilmagan!)  asos qilinib yozilgan, о‘ta dolzarb va tanqidiy ruhda berishga urinilgan maqolada keltirib о‘tilgan dalillar (ba’zi  suratlar ilova qilingan hoda) va bayon qilingan mulohazalarni о‘qib, menda nahotki, “Obod qishloq” davlat dasturi bо‘yicha  Alaqо‘yliq qishlog‘ida  qilingan ishlar kо‘lami shunchalik kam qamrovli bо‘lsa, axir u yerda jadal ishlar davom ettirilayotganligini hamma guvohi bо‘lib kelayotgan edi-ku, degan hadik paydo bо‘ldi.

Garchi, Alaqо‘yliq qishlog‘ida amalga oshirilayotgan ishlardan xabarim bо‘lsa-da, maqolada tilga olingan muammolar yuzasidan  haqiqatni bilmoq istagida, maqola Kun.uz da chiqqan kunning о‘zida soat 9-00 da Alaqо‘yliq qishlog‘iga kirib bordim. Qishloq markazidagi yо‘l bо‘yida qishloq oqsoqoli Ahmadxon hoji Oftobov va Alaqо‘yliq qishlog‘i jomye masjidi imom xatibi Otabek Zayniddinovlar suhbatlashib turgan ekan.Tо‘xtab, hol-ahvol sо‘rashib maqsadimni bildirib, qishloqning hurmatli kishilari va kayvonilari  sifatida menga hamroh bо‘lishlarini iltimos qildim. Ular hamrohligida qishloq ahli “tо‘qqiz gektarlik” deb ataydigan, maqolada ilova qilingan, bir nechta xotin-qizlar va bolalar aks etgan suratdagi kо‘chaga yо‘l oldik.

Shu о‘rinda mendan ham bir mulohaza. Jurnalist biror bir masalani yoritishda о‘ta ziyrak va xolis bо‘lmog‘i, kasbiy va insoniy jahatdan albatta mas’uliyatni chuqur his qilmog‘i muhim, nazarimda. Bu mulohaza menda maqolaga ilova qlingan suratdagi kо‘chaga borganimdan keyin paydo bо‘ldi.

Chunki, u yerda men kо‘rgan haqiqatim  maqolada aytilgan va suratda kо‘rsatilgandan boshqacharoq, ya’ni ijobiyroq bо‘lib chiqdi. Bardoshbek Samad о‘g‘li (yoki G‘olib Abdusalomov) yo haqiqiy holatni kо‘rmagan yoki kо‘rsa ham e’tiborga olmagan! Bо‘lmasa, murojaatchilar (agar ular rostdan murojaat qilgan bо‘lishsa!) “Yog‘ingarchilik vaqti bu ichki yо‘llar loy bо‘lganidan yurib bо‘lmaydi. Simyog‘ochlar bir ahvolda, о‘zimiz о‘rnatganmiz. О‘zimiz elektr simlarini о‘tkazganmiz”deganida, bu kо‘chalarga qum-shag‘al yotqizilib, vibrokatok bilan zichlab tekislanganini, yog‘och simyog‘ochlar о‘rnatilgan kо‘chaga tutash kо‘chada (oralig‘i yuz metr nari-berisida) beton ustunlar о‘rnatilib, yopiq qora kabellar tortilib kelinayotganligini, shu yо‘nalishdagi har bir kо‘chaning birlashgan joyida о‘rnatilgan yangigina transformatorni, yoki bо‘lmasa kо‘chaga kiraverishda yotgan, shu kо‘chalarga о‘rnatish uchun keltirilgan bir qancha beton ustunlarni  kо‘rgan va tanqidga shoshmagan bо‘lardi.

Tо‘g‘ri, bu hudud qishloqning chekkasi, haqiqatdan ham avvallari bu kо‘chadan mashinada yoki velosepedda yurishning iloji bо‘lmagan. Buni, qishloq oqsoqoli ham о‘zi etirof etdi.

”Shu kо‘chada tо‘ymi yo ta’ziyami bо‘lib qolsa, о‘ylovga qolar edim. Ilgari bu kо‘chada sharoit haqiqatdan yomon edi.Chunki, bu kо‘chalar yangi shakllangan, aholiga uy qurish uchun tomorqa qilib berilgan, hali hech bir ish qilish imkoni yо‘q edi. Bolalar maktabga borayotganda maktabgacha rezina etikda borib, maktabning oldida boshqa oyoq kiyimini almashtirib о‘qishga kirar edi. Prezidentimizga ming rahmat, shunchalik dasturlarni yо‘lga qо‘ydilar! Tuman hokimi Rustam Sagdullayev, haqiqiy sharoitni bilganligi va jonkuyarligi bois qishlog‘imizni “Obod qishloq”davlat dasturiga kiritib, mana shunchalik ishlarni amalga oshirib beryapdi. Besh kilometr mutlaqo yurib bо‘lmaydigan ichki yо‘l qum-shag‘al yotqizilib, tep-tekis qilib berildi. Asfalt yо‘llarimiz uydim-chuqur edi. Ta’mirlanib berildi. Hali kо‘rsataman, qishloqning markazida amalga oshirilgan obodonchiliklarni. Markazga tutash kо‘chalarni. Hech bir joy e’tibordan chetda qolmayapdi. Musulmonchilik asta-asta-da, axir. Men о‘ttiz yildan beri shu qishloqning oqsoqoliman. Bundan uch-tо‘rt yil oldingi ahvol bilan hozirgi ahvolni solishtirib kо‘rgan biladi. Agar nolisak, noshukurlik bо‘ladi!”

Muxbir suhbatlashgan ayollar orasida bо‘lgan, shu kо‘chada istiqomat qiladigan Maqsuda Suyarova uyida ekan. Samimiy va oddiy bu qishloq ayoli gapning tо‘g‘risidan keldi. (bu suhbat videotasvirda ham aks etgan.)

Uning aytishicha, muxbir bilan о‘sha kuni suhbatlashgan ayollar havoga bulut chiqqanligidan xavotirlanib, yog‘in-sochin boshlansa ish tо‘xtab qoladi, deb о‘ylashgan. Bu soddalikmi yo boshqami, nima bо‘lganda ham murojaat о‘rnida qabul qilsa  bо‘ladigan suhbatga sabab bо‘lganligi bor gap!

Ichimlik suvida ham kо‘plab muammolar mavjud”. Maqoladagi bu fikrga ma’lum ma’noda qо‘shilsa bо‘ladi. ”Obod qishloq” davlat dasturida ichimlik suvi ta’minoti masalasi ham о‘z aksini topgan. Busiz dastur tо‘la bajarilmagan hisoblanadi. Biroq Alaqо‘yliq qishlog‘ida jami tо‘rtta artezian qudug‘i borligi, shundan bittasidala ekinlarini  sug‘orish uchun ishlatilishini, artezian quduqdan otilib chiqayotgan zilol suv va bu suvning qishloq kо‘chalari chetidagi ariq bо‘ylab tо‘lib oqayotganligini kо‘rish mumkin.

Qolgan uchta artezian quduq ham aholi iste’moli uchun tо‘lig‘icha qayta ta’mirlanib  ishga tushiriladi. Qolaversa, qishloqdagi deyarli har bir xonadonda xalq iborasi bilan aytganda “kachalka” borligini e’tiborga olsak “Ichimlik suvida ham kо‘plab muammolar mavjud” emasligi ma’lum bо‘ladi.

Ammo davlat dasturiga kiritilgan har bir infratuzilma obyekti albatta barpo etilishi shart.

Maqolada keltirilgan ”Bundan tashqari elektr ta’minotidagi doimiy uzilishlar mazkur qishloq aholisini juda charchatgan”kabi fikrlarga menk-u qо‘shilmayman, bugungi kunda О‘zbekistonning eng chekkadan chekka hududida istiqomat qilayotgan har qanday kishi ham qо‘shilmasligi tayin. Keyingi yillarda elektr energiyasi ta’minotining uzluksizligi bо‘yicha biror bir e’tiroz bо‘lishi mumkinmi? Bu muammo butun mamlakat bо‘yicha о‘z ijobiy yechimini topgan-ku! Garchi butun mamlakatni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash qanchalik mashaqqat va xarajat evaziga amalga oshirilayotgan bо‘lsa ham. Tabiiy ofat yoki biror bir tashqi ta’sir ostida vaqtincha uzilishlar hamma joyda bо‘lishi tabiiy. Buni inkor etish, qanchalik tо‘g‘ri bо‘larkin?

“Dasturga muvofiq moliyalashtirish borasida jami manbalar hisobidan 10.133 mlrd sо‘m mablag‘ yо‘naltirilishi rejalashtirilgan bо‘lib,hisobot davrida 3,8 mlrd sо‘m mablag‘ qurilish ta’mirlash ishlari uchun sarf etildi”

Juda ham tо‘g‘ri! “Dasturga muvofiq moliyalashtirish borasida jami manbalar hisobidan” deyilgan sо‘zga e’tibor qaratmaslik masalaning mohiyatiga chuqur yondoshilmaganlik bо‘lib qoladi. Ana shu о‘rnida Alaqо‘yliq  qishlog‘ida ayni paytda bir nechta tadbirkorlar tomonidan qurilishi boshlangan yoki qurilib bitkazilib ishga tushirilgan maishiy xizmat kо‘rsatish va ovqatlanish shoxbchalari, novvoyxona, savdo dо‘konlari, dorixona, trenajyor zali,mini stadion, xususiy bolalar bog‘chasi, muzqaymoqxona, bekat va boshqa jami 30dan oshiq obyektlarning ham qurilish uchun sarflanadigan mablag‘lari jami manbalar sirasiga kiradi.

Zero,”Obod qishloq” davlat dasturidan nazarda tutilgan maqsad davlat tomonidan ajratilgan ma’lum miqdordagi pulni sarflash emas, bunga qо‘shimcha boshqa manbalardan ham omilkorlik bilan mablag‘larni jalb etib dasturni tо‘la – tо‘kis amalga oshirishdir.Bunda hududdagi sarmoyasi bor fuqarolar, tadbirkorlar yoki bankdan kredit olib tadbirkorlikning biror bir sohasida ish boshlayman, ish о‘rinlari yarataman degan tashabbuskorlarning ham hissasi qо‘shilishi mumkin.

Ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurish borasida 2 ta (1 ta maktab, 1 ta nodavlat MTM) obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirdan chiqarish uchun 1320,0 mln sо‘m yо‘naltirilishi rejalashtirilgan.”

Alaqо‘yliq qishlog‘idagi 20 maktab ham bugun yangi, chiroyli qiyofada о‘z о‘quvchilarini bag‘riga oldi. Nodavlat MTM binosiing asosiy qurilish ishlari bajarilib, sayqal va jihozlash ishlari boshlangan.

Bugun Yurtboshimizning olib borayotgan siyosatida xalqni rozi qilish ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. Davlat xizmatchilari-ku inchunun, xalqning о‘zi tanlab, saylab qо‘ygan mahalla raislari ham ushbu siyosatni joylarda amalga oshiruvchi mas’ullar sanaladi. Avvalo,bо‘lib о‘tgan mahalla raislarini saylashdagi shaffoflik va oshkoralikni nazarda tutadigan bо‘lsak, Alaqо‘yliq mahallasi ahli ham rais saylashda о‘z irodasini namoyon qilganligi shubhasiz. Bugun mahallaga rais bо‘lish bu, xalqqa ham yetakchi, ham  xizmatkor bо‘lish degani. Shuni о‘z bо‘yniga olgan fidoyi kishigina bu vazifada ishlay oladi, xalq hurmatiga sazovor bо‘ladi. Qolaversa,buyuk shoirmiz CHо‘lpon aytganidek “Xalq dengizdir,xalq tо‘lqindir,xalq kuchdir”. О‘zbek xalqi bugun о‘z xaq - huquqini biladigan, nima tо‘g‘ri-yu, nima notо‘g‘ri zkanligini  ochiq ayta oladigan, adolatli Yurtboshi rahnamoligida о‘z kelajagini о‘zi yaratishga bel bog‘lagan faol va fidokor xalqdir. Kechagi kunda nima bо‘lgan bо‘lsa bо‘lgandir, biroq  bugun mahalla raislari  xalqning ichidan chiqqan, xalqning о‘zi e’tirof etgan kishilar hisobidan saylanganligiga ishtiboh yо‘q. Saylash ham, raislikdan ozod etish ham xalqning ixtiyorida. Bu masalada xalq-benazirdir. Alaqо‘yliq mahalla fuqarolar yig‘inida raisning qarindoshi kotib bо‘lib ishlayotganligi bu bir qarashda notо‘g‘ri holatdek tuyular, biroq о‘zini-о‘zi boshqarish organlari davlat korxonasi emasligi, mahallalarda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish vakolati yо‘qligi, hatto oddiy ma’lumotnomalarning ham berilishi davlat xizmatlari kо‘rsatish idorasi zimmasiga о‘tganligini, qolaversa kotiblarni ham saylashda xalqning hohish irodasiga tayanilishini hisobga olsakbu qonunan man etiladigan holat emas. Yana ham Alaqо‘yliq mahallasi ahli bu masalada ustuvor imkoniyatlarga ega. Maqola muallifining, mahalla raisi xalq va hokimlik о‘rtasida kо‘prik vazifasini bajarishi lozim” degan sо‘ziga men ham  qо‘shilaman. Bu boradagi  fikrim mutlaqo xolis bо‘lib, Alaqо‘yliq mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va  kotibi  mening qarindoshim yoki tanishim emasligini ta’kidlab о‘tmoqchiman.

Bardoshbek Samad о‘g‘li о‘z maqolasi xotimasida “Kun.uz” sayti “Alaqо‘yliq” mahallasida “Obod qishloq” dasturi asosida amalga oshirilayotgan loyihalar, sarflanayotgan mablag‘lar tegishli tashkilotlar tomonidan о‘rganilishi va muammoga viloyat, tuman hokimliklari jiddiy e’tibor qaratishiga ishonch bildirishini ta’kidlaydi.

Aytish joizki, muallif maqola muqaddimasida keltirib о‘tganidek, 2018 yil 29 martdagi  “Obod qishloq”dasturi tо‘g‘risida”gi Farmon О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chiqarilgan. Bas, shunday ekan, bu farmon oliy darajadagi qonun hujjati bо‘lib,buni bajarmaslik, ham qonunan, ham vijdonan mumkin emas. Viloyat va tuman hokimlari esa Prezidentning Vatan ravnaqi,xalq faravonligi yо‘lida olib borayotgan keng kо‘lamli islohotlarini og‘ishmay amalga oshirish uchun ishonch bildirilgan mas’ullar hisoblanadi. Bugun viloyat va tumanlarda Prezidentga sodiq, о‘ziga bildirilgan katta ishonchni yurakdan his qilib, xalq roziligi yо‘lida qalbini berib, cheksiz fidoyilik bilan о‘zini shu xalqning xizmatkori deb bilgan hokimlar ishlamoqda desak, mubolag‘a emas. Chunki bugunning talabi, shu. Davr, har bir sо‘zi va qilayotgan ishida faqat el manfaatini kо‘zlab, barcha-barchani shunga da’vat etib kelayotgan, chin ma’noda xalqparvar, vatanparvarlik namunasini kо‘rsatayotgan  Yurtboshimiz yonida  xalqum emas, xalqim deb  yashaydigan  rahbarlargina ishlay olishini kо‘rsatyapti.

Shundan kelib chiqib aytadigan bо‘lsak, muxbir Kun.uz sayti nomidan “Obod qishloq”davlat dasturi asosida joylarda amalga oshirilayotgan loyihalar va sarflanayotgan mablag‘larni tegishli tashkilotlar tomonidan о‘rganilishi va bu dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga hokimliklarni jiddiy e’tibor qaratishiga ishonch bildirishi yoki da’vat etishiga zarurat yо‘q, nazdimda. Zero, ayni damlarda har bir ish qog‘ozda emas amalda bajarilayotganligini nafaqat Kitob tumanida qilinayotgan ishlar misolida, balki Qashqadaryo viloyati, butun mamlakatimiz misolida elimiz kо‘rib, his qilib turibdi. (Ishlamagan xato qilmaydi, xolos. Bizda muammo yо‘q desak bu yolg‘onchilikdan boshqa narsa bо‘lmaydi. Lekin istalgan joydan istalgan mavzuda muammo kо‘tarish ham bugun muammo emas-da! Sо‘zga berilgan erkinlik, ma’lumotlar olishda berilgan ochiqlik shunga imkon beryapdi.)

Obodlik va qulay sharoitlarga erishish  borasida har birimiz ham shu yurtning fuqarosi va bunda bо‘ladigan rivojlanish hamda ijobiy о‘zgarishlardan manfaatdor insonlar sifatida  imkon qadar о‘z mehnatimiz bilan hissa qо‘shmog‘imiz, tashqaridan kelib kimdir qilib berishi kerak degan о‘y bilan emas, mening  ham о‘z uyim va qishlog‘im, shu aziz Vatanim obodligi yо‘lida xizmatim qо‘shilishi kerak, ertaga farzandlarim ham obod, tinch yurtda yashashi lozim degan о‘yda chin kо‘ngildan harakat qilmog‘imiz,   oldimizga qо‘ygan ulug‘ maqsadlarimizga muvofiq keladi.

Zotan, Vatan ostonadan, obodlik kо‘ngildan boshlanishi rost-ku!

   

Kitob tumani hokimligi matbuot xizmati.

 

 

 

 

 

 

 

06-09-2019 |
Foto galereya