Qarshi shahrida “Qishloq qurilish invest” MCHJ injiniring kompaniyasining 10 yilligi munosabati bilan bayram dasturi bо‘lib о‘tdi.

Kompaniya Qashqadaryo filiali tomonidan 2009-2018 yillar davomida 150 ta qishloq massivlarida aholi uchun 11801 ta har tomonlama qulay bо‘lgan arzon va shinam uy-joylar qurilib foydalanishga topshirildi. 

Joriy yilda ham viloyatning qishloq massivlarida 1 085 ta arzon uy-joylar qurilishi amalga oshirilmoqda. Ushbu uy-joylarning barchasi yil yakuniga qadar tо‘liq foydalanishga topshirilishi kuzda tutilgan.

Shu bilan bir qatorda 2017-2019 yillarda mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalar uchun 140 ta “Yoshlar uyi”, Mudofaa Vazirligining harbiy xizmatchilari uchun 234 ta, Milliy Gvardiya harbiy xizmatchilari uchun 60 ta, Favqulodda Vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari uchun 30 ta, Ichki ishlar xodimlari uchun 120 ta, Davlat xavfsizligi xizmatchilari uchun 180 ta, joylardagi ijro va hududiy organlari bо‘linmalari rahbarlari uchun 175 ta, Profilaktika inspektorlari uchun 568 ta xizmat uy-joylari qurilishi amalga oshirildi.

Tadbirda kompaniyaning bir guruh eng faol xodimlari munosib rag‘batlantirildi.

Ahror SODIQOV, Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari.

 

Foto: Murodjon Komilov.

26-08-2019 |
Foto galereya