Shu yilning 7-8 fevral kunlari Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Shahrisabz tumanining Tojikiston bilan chegaradosh bо‘lgan “Sarchashma” qishlog‘i yoshlari bilan uchrashuvida ishsiz yoshlarning mavsumiy bandligini ta’minlash, ularni tomorqadan maqsadli foydalanishga, qо‘shimcha daromad topishga yо‘naltirish maqsadida viloyatning boshqa tumanlaridan yer ajratib berish haqida va’da bergan edi.
Shu munosabat bilan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi, senator Tursinxan Xudaybergenov, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, О‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Dilshod Usmanovlar G‘uzor tumanidagi "Shakarbuloq" qishlog‘ida sarchashmalik yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida chegara qishloqdan G‘uzor tumanida dehqonchilik qilish uchun kelgan 50 nafarga yaqin yoshlarga dehqonchilik qilishlari uchun bir gektardan yer maydoni ajratilib berildi.
Yoshlarga munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tegishli 100 о‘ringa mо‘ljallangan zamonaviy tipdagi, issiq va sovuqni о‘tkazmaydigan "Yoshlar palatkasi" qurib beriladigan bо‘ldi.
Bu kabi loyihalar viloyatning barcha tumanlarida amalga oshirilishi belgilab olindi.
G‘uzor tumani hokimligi Axborot xizmati.