Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar!
Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida xalqimizni koronavirus pandemiyasidan saqlash, iqtisodiyot tarmoqlarini yuzaga keladigan moliyaviy zararlardan himoyalash, ijtimoiy muhofazaga muhtoj yurtdoshlarimizni yanada qiyin holatga tushib qolishdan asrash bо‘yicha barcha zarur choralar kо‘rilyapti.
Ushbu sinovli davrda, sabr toqat bilan amalga oshirilayotgan choralarga kо‘mak berib, Prezidentimizni, hukumatimizni qо‘llab- quvvatlayotganingiz uchun siz, azizlardan minnatdormiz!
Har birimiz kasallikni jamoamizga, oilamizga olib kirmaslikka mas’ul va javobgarmiz. Buni qalban his qilgan holda, ulkan mas’uliyat, metin tartib, intizom bilan amalga oshirishimiz xar birimiz uchun bugungi kundagi eng katta vazifadir!
Aholi о‘rtasida vahima va sarosima gaplarni tarqatishga yо‘l qо‘ymasligimiz lozim. Zero, asossiz vahimalar va qurquv tushkunlik holatini keltirib chikaradi, irodamizni sindiradi. Bu esa kasallikka moyillikni oshirib, virusni yuqtirish uchun u о‘zimiz yaratib bergan imkoniyat bо‘ladi.
О‘zLiDep xalqimiz sog‘lig‘i va tinchligini ta’minlashni, ularning doimiy daromadlarini tashkil qiluvchi tarmoqlarni rivojlantirishni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, fermerlar manfaatlarini hamma narsadan ustun, deb biladi.
Karantin kunlarida oilamiz va yaqinlarimizni yonida bо‘lib, farzandlarimiz bilan birga masofadan ta’lim olib, kitob о‘qib, uy va bahorgi yumushlarni bajarib, shu orqali oilamiz farovonligi va vatanimiz rivojiga munosib hissa qо‘shgan bо‘lamiz.
Qadrli yurtdoshlar!
Barchamiz yuksak insoniy fazilatlarimiz, qadriyatlarimiz va vatanparvarligimiz, xalqimizga bо‘lgan mexr va muhabbatimizni namoyon etib, muhtaram Prezidentimiz atrofida jipslashib, bir-birimizni asrab-avaylaylik. Shundagina bu sinovli kunlarni birgalikda yengib о‘tamiz.
О‘zingizni ehtiyot qiling!
Har biringizning salomatligingiz biz uchun muhimdir!
Shaxnoza XOLMAXAMATOVA,
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
О‘zLiDEP fraksiyasi a’zosi