Avval xabar qilinganidek, Qashqadaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan ma’lum salohiyatga ega yoshlar munosib ish о‘rinlariga tayinlanmoqda.

Quyidagi mutaxassis yoshlar viloyat, tuman va shahar hokimliklarida ish boshladi:

О‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Abdurahmonova Feruza – viloyat hokimligi xotin-qizlar qо‘mitasi raisi kotibiyati bosh mutaxassisi;

Ittifoqning Muborak tumani Kengashi raisi о‘rinbosari Raxmanova Roxat – viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi mutaxassisi;

Ittifoqning Qarshi shahar Kengashi bosh mutaxassisi Ergashov Sherdil – viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xо‘jalik masalalari bо‘yicha о‘rinbosari kotibiyati bosh mutaxassisi;

Respublika yoshlar markazi Qashqadaryo viloyati bо‘linmasi tashkiliy masalalari bо‘yicha bosh mutaxassisi Nurimova Munisa - viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xо‘jalik masalalari bо‘yicha о‘rinbosari kotibiyati yetakchi mutaxassisi;

O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi Matbuot kotibi Turdiyev Tо‘lqin – viloyat hokimligi Axborot xizmati mutaxassisi;

Ittifoqning Qarshi shahar Kengashi raisi о‘rinbosari Boboyeva Luiza – Qarshi shahar hokimining о‘rinbosari – shahar xotin-qizlar qо‘mitasi raisining mutaxassisi;

Ittifoqning Dehqonobod tumani Kengashi raisi о‘rinbosari Qulmamatov Adxam – Dehqonobod tumani hokimining chegara masalalari bо‘yicha yordamchisi lavozimlariga ishga qabul qilindi.

Shuningdek, Mamatqulov Zafar, Haydarov Umarbek, Begimov Yusuf va Nuryagdiyeva Navbaxor viloyat hokimligi qoshida tashkil etilayotgan fuqarolardan tushadigan Virtual murojaatlar bilan ishlash bо‘limi tegishli yо‘nalishlari bо‘yicha lavozimlarga tavsiya etildi.

Ahror Sodiqov, viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari.

07-01-2020 |
Foto galereya