Ayni paytdagi ma’lumotlarga kо‘ra, Qashqadaryo viloyati aholisining yarmidan kо‘pi tibbiy xatlov va antropometriyadan о‘tkazib bо‘lingan.

— Viloyat bо‘yicha mavjud 3 314 612 nafar aholining 1 678 000 dan ortig‘i tibbiy xatlov bilan qamrab olindi, — deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, tibbiyot fanlari nomzodi Ravshan Tо‘lakov. — Bu degani tibbiy brigadalarimiz vakillari mavjud 624 339 xonadonning 321 265 tasida (51,5 foiz) bо‘lib, tibbiy xatlov talablarini bajarishdi. Xususan, viloyatning Mirishkor tumanida 68,4, Kasbi tumanida 59,2, Koson tumanida 56,6 foiz aholi о‘rtasida mazkur tadbir samarali о‘tkazib bо‘lindi. Galdagi maqsadimiz, tibbiy xatlovni uzog‘i bilan 10 kun ichida yakunlab, tegishli ma’lumotlarni elektron bazaga kiritib, hududlarning “Salomatlik profillari”ni yaratishdir.

Albatta, xatlovga doir barcha ma’lumotlarning real bо‘lishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.  Jarayon asnosida sog‘lom turmush tarziga oid ta’sirchan va samarali muloqotlar ham tashkil etilmoqda.

Ommaviy axborot vositalari orqali mazkur jarayonning ahamiyatini tushuntirishga doir targ‘ibot kuchaytirilmoqda.

Eslatib о‘tamiz, viloyatda jami 1535 ta tibbiy brigada tarkibida 1088 nafar vrach, 6295 nafar о‘rta tibbiyot xodimi, shuningdek, vohamizda rо‘yxatda turadigan, tibbiyot oliy о‘quv yurtlarining yuqori bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar, klinik ordinatorlar (amaliyot tarzida), ularning 120 dan ortiq murabbiylari tibbiy xatlovda ishtirok etishmoqda. Shuningdek, viloyat markazidagi tibbiyot markazlaridan qо‘shimcha brigadalar ham shakllantirilgan.

Tibbiy brigadalar xatlov uchun zarur tarozi, о‘lchov lentasi, pulsoksimetr, tonometr singari asbob-uskunalar bilan tо‘liq ta’minlangan. 

 

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash
boshqarmasi axborot xizmati.

11-12-2020 |
Foto galereya