Qarshi shahrida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus - 2019” kо‘rik-tanlovining Qashqadaryo viloyat bosqichi bо‘lib о‘tdi.

Xalq sayli sifatida tashkil etilgan kо‘rik-tanlovning viloyat bosqichida 15 ta tuman va shahar bosqichlarida eng yaxshi deya e’tirof etilgan hunarmand, fermer va tadbirkorlar о‘z yо‘nalishlaridagi yangiliklar, о‘zgarishlarni namoyish etishdi.

Kо‘rik-tanlovda “Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”, “Xizmat kо‘rsatish sohasida yilning eng tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi fermeri” va “Yilning eng yaxshi hunarmandi” kabi asosiy nominatsiyalar hamda о‘nga yaqin rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar bо‘yicha g‘oliblar aniqlandi va diplom, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

                                          Suratlarni Murod Komilov olgan.

                                                                                      Viloyat hokimligi axborot xizmati

 

10-06-2019 |
Foto galereya