Joriy yil aprel-may oylaridagi yog‘ingarchiliklarning kо‘p bо‘lishi va tuproqdagi namlik miqdorining yillik meyordan oshishi tog‘li hududlardagi ayrim yо‘l yoqalarida kо‘chki xavfini keltirib chiqardi. Jumladan, Kitob tumani “Kuxsor” MFYgadagi Denovbola qishlog‘ining shahar markazi bilan bog‘lovchi avtomobil yо‘lida ikkilamchi oquvchi kо‘chki hosil bо‘lib, ushbu yо‘ldagi harakatini cheklab qо‘ygan edi.

“Palandara–Javuz–Denovbola” ichki avtomobil yо‘lining 39 kilometridagi Jinnidaryo о‘zanining chap qirg‘og‘i, “Otboqar” soyining boshlanish qismidan uzunligi 300 metr, eni 60 metr, uzilish chuqurligi 14 metr bо‘lgan, taxminiy 252 ming kubometr hajmga teng ikkilamchi oquvchi kо‘chki massasi avtomobil yо‘lining 50 metr qismini qoplab qolga edi.  Ushbu yо‘lda viloyat hokimligi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda maxsus texnikalar jalb etilib, 80 metr qо‘shimcha aylanma yо‘l qurish ishlari amalga oshirilgan.Hozirgi kunda yо‘lni ochish uchun jami 3 kilometr masofada 300 kubometr tuproq ishlari tо‘liq bajarilib, xavf bartaraf etildi. Qashqadaryo viloyati hokimi va sektor rahbarlari mazkur hududdagi  Denovbola va Jovuz qishloqlari aholisi bilan sayyor qabul о‘tkazdi.

Tumanning eng olis hududlaridan biri – Denovbola va Jovuz qishloqlarida tashkil etilgan muloqotda viloyat va tuman sektorlari, boshqarma va tashkilotlar, murojaatchi fuqarolar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Barcha darajadagi rahbarlarning eng chekka hudud aholisi bilan bevosita muloqotga kirishayotgani, ularga munosib ish va turmush sharoiti yaratish borasida bor kuch va imkoniyatlar ishga solinayotgani odamlarning adolatga, davlatga, ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, aholining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirib, dunyoqarashini tubdan о‘zgartirish, yaratuvchanlik va tashabbuskorligini oshirishga zamin yaratayotir.

Tadbirlar davomida aholi murojaatiga asosan arzonlashtirilgan narxdagi oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi. Kam ta’minlangan oilalarga bepul un, yog‘ va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, ularning farzandlariga kiyim-kechak tarqatildi. О‘rganishlar doirasida bepul tibbiy kо‘rik ham tashkil etilib, Denovbola va Jovuz qishloqlari aholisi  tibbiy kо‘rikdan о‘tkazildi.

Kitob tumani Denovbola qishlog‘idagi  maktab kutubxonasi uchun  kitob fondini boyitish maqsadida viloyat hokimi tashabbusi bilan 100 million sо‘m mablag‘ ajratildi. Mazkur maktabda ta’lim о‘zbek va tojik tillarida olib boriladi.

Sayyor qabuldan sо‘ng voha san’atkorlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Bizning qishloqda qariyb 1 ming 300 nafar kishi yashaydi. Albatta, aholining yо‘l, kommunal xizmat, ta’lim, tadbirkorlik va fuqarolik hujjatlari bilan bog‘liq muammolari bor. Qishlog‘imiz tuman markazidan ancha olisda joylashgani bois, ha deganda markazga borib kelishning imkoni yо‘q. Chekka qishloqlarda mana shunday muammolar borligini bilib, ularni hal etish uchun respublika va viloyat tashkilotlari rahbarlari kelayotgani bizni behad quvontirdi – deydi Denovbola qishlog‘ida yashovchi fuqaro Sayidahmad Nurov.

Viloyatdan tashrif buyurgan turli soha mutaxassislari ishtirokidagi sayyor qabul  va voha san’atkorlari tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi  qishloq aholisini mamnun qildi.

 

                                                                                                           Suratlarni Murod Komilov olgan.

                                                                                                           Viloyat hokimligi axborot xizmati

10-06-2019 |
Foto galereya