Prezident sovrini uchun о‘tkazilgan “Tashabbus-2019“ kо‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari ma’lum bо‘ldi.

Birinchi о‘rin sovrindorlari orasida Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi “Sitora imkon plyus” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari Nargiza Salomova ham bor.

– Bu tanlov meni о‘z ustimda ishlash va izlanishga undadi, – dedi N.Salomova. – Muassasamiz xotin-qizlar va yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash va ularning bandligini ta’minlashga kо‘maklashadi. Shu vaqtga qadar 1600 nafardan ortiq yoshni ish bilan ta’minladik. Faoliyatimizni yanada kengaytirib, yangi xususiy maktablar va kichik tо‘qimachilik fabrikalari tashkil etishni reja qilganmiz. Bugungi yutug‘imiz va Prezidentimiz e’tibori bunday maqsadlarimizni amalga oshirishda bizga zо‘r qanot bо‘ladi.

“Xizmat kо‘rsatish sohasidagi yilning eng yaxshi tadbirkori“ yо‘nalishida Qashqadaryo viloyatidagi “Sitora imkon plus” NTM rahbari N. Salomova g‘oliblikni qо‘lga kiritdi.

G‘oliblar Prezident sovrini – “Chevrolet Spark” avtomobili, maxsus diplom va medal bilan taqdirlandi.

                                             Viloyat  hokimligi axborot xizmati

25-06-2019 |
Foto galereya