29 iyul kuni viloyatimizdagi oliy ta’lim dargohlarida abituriyentlarning ilk test sinovlari bо‘lib о‘tdi.

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 17 iyundagi “2019/2020 о‘quv yilida О‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tо‘g‘risida“gi qarori yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrab olinishini yanada kengaytirish, oliy ta’lim muassasalari orasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, davlat buyurtmasi va tabaqalashtirilgan tо‘lov-kontrakt tizimini joriy etish orqali oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich о‘zini о‘zi moliyalashtirish tizimiga о‘tkazish, talab yuqori bо‘lgan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari uchun oliy ma’lumotli kadrlarga bо‘lgan ehtiyojni davlat buyurtmasi asosida yо‘lga qо‘yishda muhim yо‘nalishlarni belgilab berdi.

Mazkur hujjatga kо‘ra, oliy ta’lim muassasalarining mavjud quvvatlari, moddiy-texnik bazasi hamda professor-о‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, bо‘ysunuviga kо‘ra vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda, oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan bakalavriat ta’lim yо‘nalishlariga tabaqalashtirilgan tо‘lov-kontrakt, magistratura mutaxassisliklariga bazaviy tо‘lov-kontrakt bо‘yicha qо‘shimcha qabul amalga oshiriladigan bо‘ldi.

Bu yilgi test sinovlariga jiddiy tayyorgarlik kо‘rildi. Imtihon о‘tkaziladigan binoda kuzatuv kameralari va shaxsni identifikatsiyalash vositalari bilan jihozlandi. Test sinovlarini “on-line” tarzda kuzatish uchun abituriyentlarning ota-onalari hamda keng jamoatchilikka kutish joylarida katta monitorlar о‘rnatildi.

Viloyat bо‘yicha 5 ta binoda test sinovlari bо‘lib о‘tmoqda. Ularda bir kunda ikki smenada abituriyentlar test topshirish imkoniyatiga ega. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda test о‘tadigan binolarda videokuzatuv kamerasi, mobil aloqalarini tо‘suvchi qurilma, abituriyentlar sonidan kelib chiqqan holda metalloramalar, barmoq izi asosida tanish vositalari tayyorlandi. Imtihonlarning adolatli о‘tishini ta’minlash maqsadida malakali nazoratchilar jalb etildi.

Barcha binolarda belgilangan tartib bо‘yicha yetarli sharoitlar yaratilgan, xususan:  28 ta katta hajmdagi sovutgich, 159 ta kuzatuv kamerasi, 4 ta tо‘lqin tо‘suvchi qurilma, 5 ta katta hajmli soat, 5 ta videoproyektor, 5 ta ovoz kuchaytiruvchi mikrofonning barchasi ishchi holatda. Shuningdek, 150 ming dona ichimlik suvi va 90 ming dona kо‘k rangli ruchka foydalanish uchun tayyorlab qо‘yilgan.Ota-onalar uchun barcha sharoitlar va qulayliklar yaratilgan bо‘lib, 6500 nafar ota-ona uchun о‘rindiq va soyabonlar о‘rnatilgan. Soya va salqin joylarga barcha sharoitlari talab darajasidagi yaxna ichimliklari va ovqatlanish maskanlari tashkil qilingan.

– Sirtqi ta’lim shaklining joriy etilgani oliy ta’lim olish istagidagilar uchun ayni muddao bо‘ldi, – deydi Kasbi tumanilik abituriyent Sabina Shokirova – Savollar unchalik о‘ta yengil ham, juda murakkab ham emas. Har holda yaxshilab о‘ylab, javobini belgilashga harakat qildim. Test ishlash uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yaratilgan.

                                                                     Suratlarni Murod Komilov olgan.

Viloyat hokimligi axborot xizmati.

30-07-2019 |
Foto galereya