Ma’lumki, bugungi kunda davlatimiz tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan yangilash borasida kо‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yaqinda Qarshi shahridagi CHо‘lquvar mahalla fuqarolar yig‘inida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari uchun bunyod etilgan yangi zamonaviy turar joylar о‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Qarshi shahridagi CHо‘lquvar mahallasidagi kо‘p qavatli 2 ta zamonaviy uy-joylar kaliti ichki ishlar tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarga  tantanali topshirildi. 

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ichki ishlar xodimlari va ularning oila a’zolari, keng jamoatchilik, yoshlar ishtirok etdi. 

Yangi uy-joylar atrofi obodonlashtirilib, manzarali va mevali daraxtlar ekilgan. Turli attraksionlar о‘rnatilgan mо‘jazgina bolalar maydonchasi bolajonlarning shо‘x-shodon kulgisiga tо‘la. 

Harbiy orkestr va taniqli san’atkorlar tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi mardonavor ruhdagi kuy-qо‘shiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi. 

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Rо‘ziyev sо‘zga chiqdi. 

 Suratlarni Murod Komilov olgan.

                            Viloyat  hokimligi axborot xizmati.

 

25-06-2019 |
Foto galereya