9 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida davlatga 61 ming tonna g‘alla topshirgan fermer xо‘jaliklari uchun tashkil etilgan hosil bayramida 65–70 sentnerdan yuqori hosildorlikka erishgan 10 nafar fermerga Prezident sovg‘asi — avtomobillar topshirildi.

 

Joriy yil Qashqadaryo viloyati mirishkorlari davlatga 500 ming tonna g‘alla topshirib, rejani ortig‘i bilan bajardi. Mazkur rejaning 61 ming tonnasi Mirishkor tumani fermer xо‘jaliklari hissasiga tо‘g‘ri keladi.

Bayram dasturxonidan sо‘ng, kechki soat 19:00 da tumandagi markaziy stadionda 20 ming kishi ishtirok etgan bayram kechasi tashkil etildi. Oqshomda poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar chiqishi mirishkorliklar quvonchiga quvonch qо‘shdi.

Bayram oqshomida viloyat hokimi Zafar Rо‘ziyev, viloyat prokurori Botir Yusupov, IIB boshlig‘i Dilshod Tursunboyev hamda viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

                                                               Suratlarni Murod Komilov olgan.

                                                           Viloyat hokimligi axborot xizmati.

10-07-2019 |
Foto galereya