“Haj” buyuk ibodat bо‘lib, u Islom arkonlaridan biridir. Mustaqil yurtimizda ibodatlar emin-erkinlikda bajarilayotgan bir vaqtda, islomning beshinchi arkoni bо‘lgan “Haj” amalini bajarish uchun ketayotgan yurtdoshlarimizning safi yildan-yilga ortib bormoqda.

 

Xususan, ushbu yо‘nalishda olib borilayotgan islohotlar natijasida Qashqadaryo viloyatidan ham 2019 yilda 400 nafar ziyoratchi “Haj” amallarini ado etishga tayyorgarlik kо‘rishmoqda.

Viloyatimiz ziyoratchilarini 2 guruhga bо‘lgan holda, joriy yilning 27 iyul va 30 iyul kunlari “Qarshi-Madina” Xalqaro aviareyslari orqali tantanali kuzatish belgilangan.

“Haj-2019” mavsumini yuqori saviyada tashkil etish va о‘tkazish maqsadida, joriy yilning 18 iyul kuni Qarshi shahridagi “Madaniyat saroyi”da viloyat hokimligi huzuridagi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va о‘tkazish masalalari bо‘yicha hay’atning navbatdagi tashkiliy yig‘ilishi о‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ziyoratchilarga soha mutaxassislari tomonidan  muborak “Haj” ziyoratining mazmun-mohiyati, safarga borish bо‘yicha tartib qoidalar tushuntirildi. “Haj” mavsumi yozning issiq kunlariga tо‘g‘ri kelishi, mazkur safarga yoshi ulug‘ fuqarolarimizning ketayotganligi, qolaversa aksariyat ziyoratchilarning ilgari xorijga chiqmaganligini inobatga olib, barcha kerakli va zaruriy tavsiyalar berildi.

                                                           Viloyat hokimligi axborot xizmati.

 

 

20-07-2019 |
Foto galereya