Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir о‘tkazildi.

Natijasida G‘uzor tumanida joylashgan “Hamro” MCHJ rahbari F.Muyanov aholiga imtiyozli narxda berilishi kerak bо‘lgan suyultirilgan gaz mahsulotini talon-taroj qilganligi ma’lum bо‘ldi. Tekshiruvlar davomida mazkur MCHJga qarashli maishiy gaz ballonlarni tо‘ldirish shaxobchasidan unga yaqin hududda joylashgan F.Muyanovning avtomobillarga gaz quyish xususiy shahobchasiga yashirin tarzda quvur о‘tkazilganligi oshkor bо‘ldi.

Shuningdek, ushbu shaxobchadan “Zil” avtomashinasida gaz mahsuloti olib chiqilib, Qarshi shahar, “Chovqay” mahallasida joylashgan “Avtohamkor” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shaxobchasiga sotish uchun yetkazib berilayotganligi ham aniqlandi.

Hozirda yuqorida kо‘rsatilgan holatlar yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ahror SODIQOV, Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari.

13-09-2019 |
Foto galereya