О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida elektr energetikasi va neft-gaz, kimyo sohalaridagi investitsiya loyihalarini yanada jadallashtirish masalalari bо‘yicha о‘tkazilgan yig‘ilishda bergan topshiriqlariga asosan  Qashqadaryo viloyatida ham neft-gaz sohasida investitsiya  loyihalarini yanada jadallashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu sohalar sanoat va tadbirkorlik rivoji, aholi turmush darajasiga asos bо‘lishi bilan juda muhimdir. Shu bois mazkur tarmoqlarda kо‘plab istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ushbu masalalarni joyida yechimini topishda 2019 yil  21 iyun kuni Qashqadaryo viloyati bо‘yicha gaz ta’minoti hududiy filiali majlislar zalida Energetika vazirligiga qarashli “О‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi B.B.Sidiqov va viloyat hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xо‘jalik masalalari bо‘yicha о‘rinbosari S.Azizov raisligida  Qashqadaryo  viloyati bо‘yicha gaz ta’minoti hududiy filiali boshlig‘i, о‘rinbosarlari, faollari va tumanlararo gaz uchastkalar boshliqlari ishtirokida yig‘ilish о‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda xalqimizning turmush darajasini oshirish, aholi xonadonlari, sanoat va tadbirkorlik obyektlarini belgilangan limit doirasida uzluksiz ravishda sifatli tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash asosiy vazifa ekanligi qayd etildi. Ma’nan eskirgan gaz uskunalarini tejamkor, zamonaviy gaz uskunalariga almashtirish va zamonaviy gorelkalar о‘rnatish vazifalari  belgilab berildi.

Bundan keyin hisob-kitobni aniq dasturlar  asosida 1 metr kub yoki 1 kilogramm gazni yetkazib berish ustidan kuchli nazorat о‘rnatilishi kо‘zda tutildi.

Hozirdan boshlab qish mavsumiga tayyorgarlik kо‘rish mobaynida tabiiy gazdan foydalanayotgan  har bir xonadonga tabiiy gazni sifatli gazni yetkazib berish dolzarbligi tо‘g‘risida tо‘xtalib о‘tdilar.

                        Suratlarni Murod Komilov olgan.

                       Viloyat hokimligi axborot xizmati.

21-06-2019 |
Foto galereya