Assalomu alaykum, 24 iyul soat 10.00da Qarshi shahri “Afsona” mehmonxonasining konferensiya zalida bо‘lib о‘tadigan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2019 yil 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va 2019-2020 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumaniga davlat va nodavlat OAVda mehnat qilayotgan JURNALISTLARNI, shuningdek, MUSTAQIL JURNALIST VA BLOGERLARNI taklif qilamiz.

Matbuot anjumanida

Muzapov  Anvar Abdinazarovich - “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori ishtirok etadi.

Dastur va press-reliz matbuot anjuman davomida tarqatiladi.

Qо‘shimcha ma’lumot olish uchun (0375) 221-16-88, 221-12-35 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Viloyat  hokimligi axborot  xizmati.

 

        

23-07-2019 |
Foto galereya