Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ruziyev Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘ida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabulini о‘tkazdi.
Tadbirda viloyat Xalq qabulxonasi rahbari, sektor rahbarlari, viloyat korxona, tashkilot, muassasa va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etdi. Sayyor qabulda aholining murojaatlari atroflicha о‘rganib chiqildi.
Qarshi shahar Buyuk Turon mahallasida istiqomat qilayotgan Bibinur Jumanova oilasini necha yildirki bir muammo qiynab keladi. Turmush о‘rtog‘i olamdan о‘tgach, rо‘zg‘orni amallab tebratayotgan opaning uy joyga ehtiyoji bor. Viloyat hokimi Zafar Rо‘ziyev bilan bо‘lib о‘tgan sayyor qabulda oilaga yer ajratilishini sо‘rab, murojaat bilan chiqdi. Muammoni obdon eshitgan viloyat rahbari nafaqat bu oilaga uy joy ajratish balki daromad topishi uchun imkoniyat yaratish masalasida yordam berdi.
....haqiqat bor ekan, mana... viloyat rahbari biz kabi ehtiyojmandlarni, murojaat bilan borgan fuqarolarni shu kuni erinmay tingladi. Muhimi mening murojaatimga yechim topilgani bо‘ldi. Salomatligimni tiklashim, davolanishim uchun hamda yordam beradigan bо‘lishdi. Rahmat.
Aytish kerak, aksariyat murojaatlarning mavzusi uy joy, yо‘l qurilishi, nafaqa tayinlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kreditlar olish, ish bilan ta’minlash kabi masalalarni qamrab oldi. Bu galgi sayyor qabulda 88 nafar fuqaro tomonidan 115 ta masala о‘rtaga tashlandi. О‘tkazilgan sayyor qabul davomida nafaqat bir shaxs muammosi bilan bog‘liq murojaatlar kuzatildi, balki umummanfaatiga xizmat qiluvchi muammolar bilan murojaat etildi. Tez fursatda hal bо‘ladigan masalalarga shu yerning о‘zida barham berildi. Mutasaddilarga о‘rganish va yechim topish uchun vazifalar topshirildi.
Muhimi, qabulda xuddi Bibinur Jumanova singari о‘z muammosiga yechim topgan va kо‘nglidagi tugunlari tarqab uyiga otlangan fuqarolar bisyor bо‘ldi. Endi о‘ylang, dardi arigan odam qalbidan ishonch paydo bо‘ladi, ya’ni yaxshi yashashga, mehnat qilishga va bо‘layotgan voqealarga nisbatan daxldor bо‘lishga.
Viloyat hokimligi axborot xizmati.
Suratlarni Murod Komilov olgan.