Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan izoh berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan Qashqadaryo viloyatiga oid maqolalar kо‘plab muhokamalar, mulohazalarga sabab bо‘lmoqda. Ayniqsa, bir-birini takrorlaydigan mavzularda qilinayotgan chiqishlar ortida nimalar yashirilgani ham bizni taajjubga solmoqda.
Talqinlarda va munosabat bildirishda shaxs va tashkilot sha’niga xos bо‘lmagan noxolis va asosga ega bо‘lmagan sо‘zlar aytilayotganini inobatga olib, ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirishning ham о‘z qoidalari borligini eslatib о‘tmoqchimiz.
Shuningdek, shahar va qishloqlarimizni obod etish maqsadida bunyodkorlik ishlari jadallik bilan olib borilmoqda va xatoliklarga ham yо‘l qо‘yilgani alohida e’tirof etilgan. Bu haqda viloyat hokimining о‘zi ham jurnalist Karimberdi Tо‘ramurodga bergan eksklyuziv intervyusida ma’lum qilgan. https://daryo.uz/k/2019/07/30/qashqadaryo-viloyati-hokimi-yakkabogdagi-vaziyatga-izoh-berdi-video-2/
Qashqadaryo viloyat hokimining viloyat ahliga qilgan murojatiga keladigan bо‘lsak, murojaat shakli yozma, og‘zaki yoki elektron shaklda bо‘lishini xisobga olsak, viloyat hokimining video murojaat yо‘llashi har tomonlama qо‘layligi bilan ajralib turadi. Ushbu video murojaatni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalishi natijasida viloyat, balki, Respublikamiz ahli ham kuzatib bordi.
Yakkabog‘ tuman hokimi о‘rinbosariga о‘t quyib yuborgan tadbirkor Bahriddin Isomovning farzandi Sharofiddin Daminov bilan yuqoridagi masalaga oydinlik kiritish maqsadida telefon orqali aloqaga chiqqanimizda quyidagilarni ma’lum qildi: "Ijtimoiy tarmoqlarda "Hokim о‘rinbosariga benzin sepib yoqib yuborgan tadbirkorning yaqinlari ichkariga kiritilmadi", deya aytilishi asossizdir. Biz viloyat hokimi bilan bir necha bor uchrashib, faoliyatimizga tо‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etganmiz. https://kun.uz/news/2019/07/27/qashqadaryo-hokimi-yakkabogga-keldi-tadbirkorning-dokoni-buzilmaydigan-moddiy-zarar-qoplanadigan-boldi Kundalik ishlar bilan bandligim sababli men va oila a’zolarimiz о‘sha kuni о‘z xoxishimiz bilan muloqotga bormaganmiz. Keyinchalik murojaatni TV va ijtimoiy tarmoqlar orqali tomosha qildim. Bu masalada hech qanday e’tirozimiz yо‘q."
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, viloyat hokimi boshchiligida barcha tashkilot rahbarlari va mas’ullar xalq dardi va tashvishini bartaraf etishga mas’ul ekanligimizni ma’lum qilamiz, shuningdek, axborotlarni tarqatishda haqqoniylik, xolislik qoidalariga rioya etilishini tavsiya etamiz.
Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati.