Qashqadaryo salohiyati yuksak viloyat. Hududdagi mavjud boy yer usti va yer osti boyliklaridan samarali foydalanish - istiqbolli loyihalarga yо‘l boshlamoqda. Xorijlik investorlar bilan olib borilayotgan hamkorlik aloqalari viloyat tadbirkorlari uchun qator imkoniyat va imtiyozlar yaratmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda 2019 yilning о‘tgan davri mobaynida viloyatga 140 dan ortiq investorlar tashrif buyurgan va ular bilan samarali kelishuvlarga erishildi.
Joriy yilning 4 avgust sanasida Misr davlatining bir qator nufuzli kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiya Qashqadaryoga tashrif buyurdi. О‘zbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Oybek Usmonov boshchiligidagi 14 kishidan iborat mazkur delegatsiya a’zolari dastlab mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida viloyatda farmatsevtika, sanoat, xizmat kо‘rsatish, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi sohalarda investitsiyaviy loyihalarni tadbiq etish borasida fikrlashildi.
Bugun delegatsiya a’zolari Qarshi shahrida faoliyat olib borayotgan "Dori Darmon" DUK bо‘lib, Misr davlatinnig "One World Pharma" kompaniyasi bilan birgalikda "One world Kashdarya” qо‘shma korxonasini tashkil etish yuzasidan kelishuvlar olib borishyapti. Aytish kerak, ushbu loyiha doirasida gepatit S kasalligini oldini olish va qarshi kurashish uchun dori vositalari ishlab chiqariladi. Birinchi bosqichda qiymati 5,0 mln dollarlik mablag‘ sarf etilsa, shundan 3,5 mln dollari xorijiy investitsiya jalb etish evaziga amalga oshiriladi.
Viloyat hokimligi axborot xizmati