Qarshi tumanida ham g‘alla rejasi tо‘la bajarildi

Qarshi tumanida ham g‘alla rejasi tо‘la bajarildi

Joriy mavsumda viloyatimiz mirishkorlari 141 ming 800 gektar suvli hamda 63 ming gektar lalmi maydonda boshoqli don ekinlarini parvarishladi. Suvli yerga ekilgan bug‘doyning 38 ming 600 gektari ertapishar, 97 ming 50 gektari о‘rta pishar hamda 6150 gektari kechpishar navlar sanaladi. Bugun viloyat tumanlari orasida Qarshi tumani g‘allakorlari shartnomaviy rejasini tо‘la uddaladi.

Qarshi tumani g‘allakorlari tomonidan 39350 tonna tovarbop, 4500 tonna urug‘lik don xirmoni barpo etilib, shartnomaviy rejalar tо‘la uddalandi. Yana qо‘shimcha 10000 tonna g‘alla topshirilishi rejalashtirilgan.

G‘alla hosilini о‘rib-yig‘ib olish ishlarini tizimli yо‘lga qо‘yish maqsadida 62 ta otryad tuzilib, ularga 62 ta zamonaviy kombayn, viloyat va tuman tashkilotlarining 124 nafar vakil hamda 100 nafarga yaqin IIB xodimi biriktirildi. Ayni kunlarda о‘rim-yig‘im jadallik bilan olib borilmoqda.

– Hali о‘rilmagan g‘alla maydonimiz ham bor, – deydi Qarshi tumanilik fermer Panji Geldiyev. – Bu yil biz uchun  barakali keldi. 90 sentnerdan g‘alla olmoqdamiz. Qilingan say-harakatlar rohatini kо‘rayotganimizdan xursandmiz.

                                                        Viloyat hokimligi axborot xizmati

  • Telefon: (75) 221-12-88, (75) 221-03-81

  • Pochta indeksi: 180100

  • Faks: (375)221-13-40

  • Elektron pochta: info@qashqadaryo.uz

  • Manzil: Qashqadaryo viloyati,
    Qarshi shahri, Mustaqillik maydoni,1

  • Yaqin jamoat transport to`xtash joylari Milliy bank va Mustaqillik maydoni bekati avtomashrut: 1, 4, 5, 7, 10, 18, 20, 22, 23, 27, 37, 44, 462, 11, 21, 37, 33