Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotiga kо‘ra, joriy yilning yanvar-oktabr oylarida Qashqadaryo viloyatida 4173,7 mlrd.sо‘m qurilish ishlari bajarilgan.

Ushbu kо‘rsatkich 2019 yilga nisbatan 103,1%ni tashkil etadi.

Joriy yilda yirik qurilish tashkilotlari 12,3%, kichik korxona va mikrofirmalar 62,4% hamda norasmiy sektorlarda 25,3% qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Qurilish ishlari mulkchilik shakliga kо‘ra: davlat 5,1% va nodavlat 94,9% bо‘lgan korxona va tashkilotlar tarkibiga tо‘g‘ri kelgan.

2020- yilning 1-noyabr holatiga kо‘ra, qurilish sohasida korxona va tashkilotlar soni 3391 tani tashkil etib, о‘tgan yilning mos davriga nisbatan 273 taga oshdi.

Norasmiy sektor hissasiga tо‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 25,3% ni tashkil etdi yoki 1055,2 mlrd. sо‘m miqdorida qayd etildi.

11-12-2020 | Ijtimoiy | 1360
Foto galereya