Bayram dasturi Qarshi shahridagi Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qо‘yishdan boshlandi.

Viloyat hokimligi, viloyat tashkilot va korxonalari, muassasalari rahbarlari, harbiy qismlar komandirlari va keng jamoatchilik vakillari harbiy orkestr sadolari ostida maydondagi Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qо‘yishdi.

Shundan sо‘ng, Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir о‘tkazildi.

Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Prezidentimizning О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yо‘llagan bayram tabrigini о‘qib eshittirdi. О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mukofotlanganlarga mukofotlar topshirildi.

Bir guruh Vatan himoyachilari viloyat hokimining qarori bilan tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Harbiy xizmatchilarning oila a’zolari ham viloyat hokimining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari berildi.

Shuningdek, shu kuni Harbiylar va ularning oila a’zolari uchun bayram dasturi о‘tkazildi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

14-01-2021 | Ijtimoiy | 1520
Foto galereya