Zoyir Mirzayev viloyatning barcha hududidan 100 nafar isteʼdodli yoshlar bilan suhbat o‘tkazgandan so‘ng 87 nafar yosh sanʼat va madaniyat OTMlariga qabul qilishga tavsiya etilgan edi. Bugun ularning 85 nafari madaniyat va sanʼat oliygohlari talabalari.

Toshkent Davlat madaniyat va sanʼat instituti talabasiga aylangan Suvonova Shahnoza Prezidentimizga minnatdorchilik maktubi yo‘lladi. Maktubda jumladan, shunday deyiladi:

"Muhtaram Prezidentimizning men va men qatori barcha yoshlarga berayotgan eʼtiborlari hamda g‘amxo‘rliklari biz uchun yetib bo‘lmas bo‘lib ko‘ringan manzillarga yetib olishimizga, erishib bo‘lmaydigan maqsadlarimizga erishishimizga asos bo‘ldi. Sizning topshirig‘ingizdan so‘ng viloyat hokimimiz sanʼat sohasiga qiziqadigan ammo, oliy taʼlimga kirish armon bo‘lgan biz yoshlar bilan suhbatlashib, isteʼdodlarimizga guvoh bo‘lib, Respublikaga taqdim etdilar. Shunga aminmanki, bu yurtda inkor etib bo‘lmaydigan haqiqat bor. Muhtaram Prezidentimizning yoshlarga chinakam eʼtibori ortidan yillar sayin armonli yoshlar baxtli yoshlarga aylanishmoqda. Men ham shu baxtli yoshlar qatorida ekanimdan baxtiyorman."

Mavzuga doir: Prezident yoshlarga: Ajdodlardan ibrat olib, hayotda moʻjizalar yaratishga astoydil intilishingiz kerak

Qashqadaryo viloyati hokimligi

Axborot xizmati

10-02-2021 |
Foto galereya