Joriy yilning 2020 yil 1 dekabr kuni О‘zbekiston Respublikasining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bо‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

Ushbu hujjat bilan О‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun О‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti tо‘g‘risida”gi Qonuniga va О‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritildi.  

Jumladan:

a) Qonunga:

- spirt, alkogol mahsulotlari, shu jumladan vino va pivo uchun aksiz solig‘i, shuningdek, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘ining amaldagi stavkalari saqlab qolish;

- qishloq xо‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqni kо‘paytirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmlari bо‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020 yil uchun belgilangan stavkalardan 50 foizga pasaytirish;

- 2020 yil 1 apreldan 2020 yil 31 dekabrga qadar bо‘lgan davrda umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotini chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im tо‘lash dan ozod qilish tarzdagi belgilangan imtiyozlar kiritildi.

b) Soliq kodeksiga qо‘shimcha uchta moddadan iborat bо‘lgan yangi “Alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini bajarish” nomli 72-bob kiritildi. Bunda, ushbu moddalar bilan:

-  Alohida sharoitlarda qо‘shimcha vakolatlar berish;

Soliqlarni,  soliqlar bо‘yicha bо‘nak tо‘lovlarini tо‘lash bо‘yicha foizsiz tо‘lashni kechiktirishning yoki bо‘lib-bо‘lib tо‘lashni qо‘llashning va alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini bajarishning vaqtinchalik tartibi;

 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari nomli qoidalar kiritildi.

Mazkur Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan qoidalar 2020 yil 1 martdan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Qashqadaryo viloyati
davlat soliq boshqarmasi
Axborot xizmati

 

17-12-2020 |
Foto galereya