Shahrisabz shahrida joylashgan "Beruniy" oromgohida Yoshlar oyligi doirasida shaxmat musobaqasi bо‘lib о‘tdi.

О‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Shahrisabz shahar kengashi, shahar hokimligi, "Chess master" xususiy shaxmat maktabi hamkorligida о‘tkazilgan mazkur musobaqada sog‘lom bolalar qatori imkoniyati cheklangan yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari ham ishtirok etib, intellektual salohiyatini namoyon etishdi.

- Shaxmat о‘ynash jonu dilim, - deydi Shahrisabz shahar Kulollik mahallasida istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi, 2002 yilda tug‘ilgan О‘tkir Muhammadiyev. - Ushbu musobaqada tengdoshlarim bilan shaxmat о‘ynab, uchinchi о‘rinni qо‘lga kiritdim. Ta’tilni maroqli boshlaganimdan xursandman.

Darvoqe, ayni kunlarda ushbu oromgohda 700 nafarga yaqin о‘g‘il-qiz yoz mavsumini mazmunli va maroqli о‘tkazishmoqda. 

SOJIDA

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

07-06-2019 |
Foto galereya