Majburiy ijro byurosi Chiroqchi tuman bо‘limi tezkor xodimlari tomonidan 2019 yil 18 may kuni tumandagi “Chiyal” MFY, Madaniyat qishlog‘ida о‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro SH. A  yashash xonadonida yashirin sex tashkil qilib, qо‘lbola usulda tayyorlangan 1 dona elektr juvoz uskunasini о‘rnatib, zig‘ir doni va chigit mahsulotidan yog‘ va kunjara ishlab chiqarib, aholiga sotish bilan shо‘g‘ullanib kelayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, 55 kg yog‘ga о‘xshash mahsulot, 19 kg chigit doni, 18 kg zig‘ir doni, 45 kg kunjara mahsuloti, 1 komplekt juvoz uskunasi, 1 dona yem maydalagich va 4 dona 10 litrlik yelim chelak xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida e’tirof etilib vaqtincha saqlash uchun topshirildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Chiroqchi tuman bо‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Majburiy ijro byurosi

Qashqadaryo viloyati boshqarmasi

 

25-05-2019 |
Foto galereya