Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning8 oktyabr kuni jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini taʼminlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda viloyatda faoliyat olib borayotgan 35 dan ortiq turli sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining viloyat bo‘limi rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i O‘.Ostonov so‘zga chiqib, davlat rahbari tomonidan videoselektorda har bir hududda “yoshlar daftari” va “ayollar daftari” shakllantirilib, ular bo‘yicha manzilli ishlar yo‘lga qo‘yilishi taʼkidlab o‘tilganligi,  shuningdek “Ijtimoiy shartnoma” tajribasini keng qo‘llash muhimligi qayd etildi.

Seminarda mazkur yo‘nalishda nodavlat notijorat tashkilotlar imkoniyatlaridan samarali foydalanish lozimligi, ular bilan hamkorlikni kengaytirib, yoshlar va ayollarni psixologik qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish zarurligi alohida taʼkidlab o‘tildi.

Tadbir yakunida mazkur yo‘nalishda nodavlat notijorat tashkilotlari amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Foto galereya