Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani tibbiyot birlashmasi qoshida о‘tgan yil ijtimoiy dorixona tashkil etilgan edi. Lekin u bir xonali bо‘lib, belgilangan talablarga tо‘la javob bermas edi.

Shu bois ushbu dorixona tadbirkorga topshirilib, qaytadan zamonaviy uslubda bunyod etildi. Bu shifoxonada davolanuvchi bemorlar uchun ham anchagina qulaylik tug‘dirmoqda. Ijtimoiy dorixonada 112 turdagi dori-darmon, 40 turdagi tibbiy buyumlar 10 foiz arzonlashtirilgan narxda aholiga taklif etilmoqda.

Bu xayrli ish nishonlik yosh tadbirkor Asqar Qurbonov tomonidan davlat sherikchiligi asosida amalga oshirildi. Loyihani amaliyotga tatbiq etilishi natijasida tumanlik 5 nafar yosh ish bilan ta’minlandi. 

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 14 fevraldagi “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi qarori tizim faoliyatini tubdan yaxshilash va dori ishlab chiqarishni yanada takomillashtirishga keng imkoniyatlar yaratdi. 

– Viloyatimizda hozirga qadar 180 ijtimoiy dorixonalar faoliyati yо‘lga qо‘yilgan, – deydi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Faxriddin Xudoynazarov. – Joriy yilda ham aholining dori-darmonga ehtiyoji katta bо‘lgan hududlar о‘rganilib chiqilmoqda va ijtimoiy dorixonalarni yanada kо‘paytirish mо‘ljallanmoqda. Maqsad aholiga sifatli va arzon dori-darmon mahsulotlarini yetkazib berish.

О‘lmas BAROTOV.

17-07-2019 |
Foto galereya